AQŞ Davlat departamenti Rossiya Federatsiyasi tarkibidagi Çeçeniston Respublikasi rahbari Ramzon Qodirovni «inson huquqlarini qöpol ravişda poymol etgani» uçun qora röyxatga qöşgan. Bu haqda davlat kotibi Mayk Pompeo xabar bergan.
«Departament ön yildan köproq muddat avval Qodirov tomonidan qiynoqlar va sudsiz qatl qilişlar bilan boğliq inson huquqlarining köp sonli buzilişlariga doir işonçli ma'lumotlarga ega», — deb qayd etgan Pompeo.
Uning sözlariga köra, sanksiyalar Çeçeniston rahbarining rafiqasi Medni Qodirova va qizlari Oyşa va Xadiçaga ham ta'sir qiladi. AQŞ özi bilan maslakdoş davlatlar xuddi şunday sanksiyalar joriy qilişlariga erişmoqçi.
Davlat departamenti bayonotida Qodirov koronavirus pandemiyasini yoritayotgan ikki jurnalistga ham tahdid qilgani aytilgan. Bundan taşqari, AQŞ taşqi siyosat idorasi «Rossiya federal hokimiyatining pandemiyaga qarşi çoralari tanqidiy ruhda yoritilayotgan maqolalarni senzuraga tortayotganligi»ni qoralagan.
Sanksiya haqidagi xabarlarga javoban Ramzon Qodirov özining Telegram kanalida javob qaytargan. U qurol töla xonada qölida ikkita pulemyot kötargança tuşgan suratini joylagan. Illyustratsiya ostiga tagsöz ham bitilgan: «Pompeo, biz jangni qabul qildik! Endi yanada qiziqroq böladi!»

«Kalibr» sport majmuasining sportça otiş maşqlari böyiça murabbiyi Sergey Soldetskiyning RBKga aytişiça, Qodirov qöllarida Kalaşnikovning modernizatsiya qilingan pulemyotlarini uşlab turibdi.
Çeçeniston yetakçisiga nisbatan sanksiyalar joriy etilganini Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova allaqaçon izohlagan. «Bunga mos javob beriş qiyin böladi, lekin nimadir öylab topamiz», — deb yozgan u Facebook’da.
2019 yil aprelda AQŞ Çeçeniston hukumati raisi Muslim Xuçiyevga ham mamlakatga kirişni taqiqlab qöygan edi. Amerika hukumati uni mahalliy qiynoqlarga daxldor deb hisoblaydi. Xuçiyevning rafiqasi Sapiyat Şabazova ham çeklov ostiga tuşgan.

















