Reuters xabariga köra, Isroil Yevropaga tabiiy gaz yetkazib berişda Rossiyaning «Gazprom» kompaniyasi örnini egallaşi mumkin.

Eastmed deb nomlangan gazoprovod Örtayer dengizi tubidan ötkaziladi va Kipr, Gretsiya, Italiya va boşqa mamlakatlarga gaz yetkazib berişda foydalaniladi. Uning loyiha qiymati 6 milliard yevroga baholanmoqda va quriliş işlari 2025 yilda boşlanişi rejalaştirilyapti. Gazoprovod orqali yiliga 10 milliard kubometr gaz yetkazib beriladi. Bu quvvat 2 barobar oşirilişi ham mumkin. 

Yevropa komissiyasi loyihani texnik-iqtisodiy asosini tayyorlaşga 35 million yevro mablağ ajratdi. 

«Quriliş haqidagi bitimning imzolanişi Isroilni energoresurs eksportyoriga aylantiradigan tarixiy voqea böldi», — dedi mamlakat energetika vaziri Yuval Steynits. Avval Isroil gazni faqat import qilib kelayotgan edi.

Yil boşidan beri «Gazprom»ning Yevropaga gaz yetkazib beriş hajmi 20 foizga qisqargan. Talabning pasayişi va Yevropadagi gaz zaxiralarining tölib ketişi natijasida resurs narxi pasaygan. Natijada, «Gazprom»ning Yevropaga gaz yetkazib berişi foydasiz bölib qolgan.

Isroil Leviathan konidan gaz qazib olmoqda, uning zaxiralari 621 milliard kubometrga baholangan. 

2017 yil dekabr oyida Kipr, Gretsiya, Italiya va Isroil uzunligi 2000 km.ga teng bölgan EastMed gazoprovodini quriş haqida kelişib olişgan edi. Bu gazporovd Leviathan konini Kiprning Aphrodite (zaxirasi 130 milliard kubometr) koni bilan boğlaydi va Yevropa bozoriga çiqiş imkonini beradi.