Vazirlar Mahkamasi 7.07.2020 yildagi “Osiyo taraqqiyot banki iştirokida “Özbekiston Respublikasida şaharlarni rivojlantiriş loyihalarini tayyorlaşni moliyalaştiriş” loyihasini amalga oşiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi 426-son qarorni qabul qildi.
Beş yillik imtiyozli davrni öz içiga olgan 25 yilda qaytariş şarti bilan $15 mln miqdorida qarz beriş töğrisida qarz bitimi 2019 yil 13 noyabrda imzolangan. Loyihaning umumiy qiymati $16,76 mln.ni taşkil etadi. Ulardan: OTB qarzi - $15 mln, Özbekiston Respublikasining uluşi (soliq imtiyozlari hisobidan) - $1,76 mln. Loyihani amalga oşiriş davri - 4 yil - 2020-2023 yillar.
Norma’ning yozişiça, loyiha doirasida quyidagi investitsiya loyihalarini tayyorlaş nazarda tutilgan:
Toşkent viloyati şahar va tumanlarining içimlik suv va kanalizatsiya tizimini rekonstruksiya va quriş loyihasi (faza 3) - loyiha taşabbuskori Uy-joy kommunal xizmat körsatiş vazirligi;
Içimlik suv va oqova suv ta'minotini rivojlantiriş dasturi - loyiha taşabbuskori Uy-joy kommunal xizmat körsatiş vazirligi;
Şaharlarni kompleks rivojlantiriş dasturi - loyiha taşabbuskori Investitsiyalar va taşqi savdo vazirligi.
Quyidagilar:
“Özbekiston Respublikasida şaharlarni rivojlantiriş loyihalarini tayyorlaşni moliyalaştiriş” loyihasining asosiy körsatkiçlari;
“Özbekiston Respublikasida şaharlarni rivojlantiriş loyihalarini tayyorlaşni moliyalaştiriş” loyihasi böyiça Osiyo taraqqiyot banki qarzini qaytariş va foizlarni tölaşning prognoz jadvali tasdiqlandi.
Belgilanişiça, Uy-joy kommunal xizmat körsatiş vazirligi huzuridagi “Kommunxizmat” agentligi va “Özsuvta'minot” AJ - uy-joy kommunal xizmat körsatiş sohasidagi loyihalarning, Investitsiyalar va taşqi savdo vazirligi huzuridagi Investitsiya loyihalarini işlab çiqiş markazi -“Şaharlarni kompleks rivojlantiriş dasturi” loyihasining öz vaqtida amalga oşirilişi, OTB qarzlaridan maqsadli va samarali foydalanişi uçun mas'ul bölgan ijro etuvçi organlar hisoblanadi.
OTB qarzlarini qaytariş va foizlarni tölaş muddatlari va manbalari belgilandi.











