Prezident Şavkat Mirziyoyevning «Koronavirus pandemiyasining salbiy ta'sirini kamaytiriş uçun aholi, tadbirkorlik sub'yektlari, umumiy ovqatlaniş, savdo va xizmatlar sohasini qöllab-quvvatlaşning qöşimça çora-tadbirlari töğrisida»gi farmoni imzolandi.

Koronavirus pandemiyasi davrida aholini, ayniqsa, umumiy ovqatlaniş, savdo va xizmatlar sohasidagi tadbirkorlik sub'yektlarini qöşimça ravişda qöllab-quvvatlaş, ularning daromadlarini ta'minlaş, sanitariya-epidemiologik vaziyat yaxşilanişiga qarab uşbu sub'yektlarni jadal qayta tiklaş, şuningdek, iş örinlarini saqlab qoliş maqsadida:

2020 yil 1 iyuldan 2020 yil 31 dekabrga qadar:

  • umumiy ovqatlaniş korxonalari va binolarni ijaraga berişga ixtisoslaşgan korxonalar aylanmadan olinadigan soliqni tölaşdan ozod etiladi;
  • jismoniy şaxslar köçmas mulkni ijaraga berişdan olingan daromadlar böyiça jismoniy şaxslardan olinadigan daromad soliği tölaşdan ozod etiladi;
  • mol-mulkini (binolar va avtomobil transporti) ijaraga beruvçi jismoniy şaxslarga soliq maqsadida ijara tölovlarining eng kam stavkalarini qöllaş tartibi töxtatib turiladi;
  • ijaraga beruvçilarga 2020 yil uçun ijara tölovi miqdorini pasaytiriş maqsadida, şu jumladan taqdim etilayotgan soliq imtiyozlarini inobatga olgan holda ijara tölovini qayta körib çiqiş tavsiya etiladi.

2020 yil 1 apreldan 2020 yil 31 dekabrga qadar umumiy ovqatlaniş korxonalari alkogol mahsulotlari bilan çakana savdo qiliş huquqi uçun yiğimni tölaşdan ozod qilinadi. 

Prezidentning 2020 yil 19 martdagi «Koronavirus pandemiyasi va global inqiroz holatlarining iqtisodiyot tarmoqlariga salbiy ta'sirini yumşatiş böyiça birinçi navbatdagi çora-tadbirlar töğrisida»gi PF–5969-son Farmonida belgilangan alkogol mahsulotlarining ulgurji savdosi bilan şuğullanuvçi korxonalarning ajratmalari miqdorini 5 foizdan 3 foizga pasaytirişga doir imtiyoz muddati 2020 yil 31 dekabrga qadar uzaytiriladi. Umumiy ovqatlaniş korxonalariga alkogol mahsulotlarini yetkazib beriş orqali sotiş huquqi beriladi.

Umumiy ovqatlaniş korxonalari uçun kiçik tadbirkorlik sub'yektlariga tatbiq etilgan imtiyozlar va preferensiyalarni qöllagan holda, ularni kiçik korxonalar toifasiga kiritiş maqsadida 2020 yil 1 iyuldan boşlab umumiy ovqatlaniş korxonalari uçun belgilangan xodimlarning yillik örtaça soni 25 nafardan 50 nafarga oşiriladi.