– Birinçi 14 kunlik xizmatimizga davlat tomonidan va'da qilingan 25 mln söm tölab berildi. Qattiq çarçadim va uyimga ketdim. Ozroq dam olib, özimga kelişim bilan yuragim bezovta böla boşladi, – deydi Kun.uz bilan suhbatda öz ismini oşkor qilişni istamagan şifokor.

Çunki oxirgi bir neça kun içida vaziyat keskin yomonlaşa bordi, bemorlar soni ortdi, hamkasblarimiz ulgurmay qola boşladilar. Şunda yana işga qaytişga qaror qildim.

– Köpçilik şifokorlar katta maoşlarga ham qaramay bu sohada işlaşdan çöçişmoqda. Siz uzluksiz işlaşga tayyorman, deyapsiz.

– Gaplarim balandparvoz tuyilmasin, lekin davlatimiz imkoniyatlari çeklanib qolsa, oxirigaça haq olmay işlaşga ham tayyorman. Lekin umid qilamanki, tizimimiz bunday murakkab vaziyatga tuşib qolmaydi.

Albatta, maoş olişim, oilam budjetiga hissa qöşişim kerak. Özimning rejam 14 kunlikdan keyingi dam oliş kunlarimda ham imkon qadar işga çiqmoqçiman va şu bilan kasallikka qarşi kuraşda öz hissamni qöşmoqçiman. Ota-onam butun umr xalq xizmatini qilib ötişgan. Biz uçun bugun sinovli kunlar bugun keldi şekilli, şunday paytda foydam tegayotganidan xursandman.

– Umuman, şifoxonalarda vaziyat qanday?

– Yuklama uç barobargaça oşgan, oğir ahvoldagi bemorlar juda köp. Şunça yil işlab, şunça joyda yurib, bunçalik köp najot tilab tikilgan közlarni körmaganman. Özimning ham yaqin qarindoşlarim şu kasallikka çalinişdi.

Tizimni tanqid qilib, şifokorlarni yomonlab ötiradigan vaqt emas hozir. Şu örinda hamma hamkasblarimni ham sabr-bardoşga çaqiraman, har bir bemorni öz yaqinlaridek qabul qilib davolaşlarini xohlardim, balki şu bilan ötgan yillarda şifokorlarning ma'lum ma'noda tökilgan obrösini ham tiklaşga yordam bergan bölardilar.

Yurtdoşlarimiz esa nihoyatda ehtiyot bölişlari şart!