Dekabr oyigacha barcha FHDYo organlarida blokcheyn texnologiyasi joriy etiladi – DXA direktori o‘rinbosari
Davlat xizmatlari agentligi direktori o‘rinbosari No‘'mon Muhammadiyevning ta'kidlashicha, ayni paytda «FHDYo yagona elektron arxivi» axborot tizimi blokcheyn texnologiyasi asosida modernizatsiya qilinmoqda. Dekabr oyigacha barcha FHDYo organlarida blokcheyn texnologiyasi joriy etilishi kutilmoqda.

«FHDYo sohasiga ham katta e'tibor qaratyapmiz. Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish harakatlari to‘rtta turga bo‘linadi va ular bo‘yicha 14 ta qayd daftari yuritiladi. Masalan, otalikni belgilash, tug‘ilganlik, o‘lim va nikohni qayd qilish va hokazo. Bu jarayonda yuz berishi mumkin bo‘lgan korrupsiya holatlari va byurokratiyaning oldini olish, shaffoflikni ta'minlash maqsadida hamma qayd qilish kitoblarini elektron ko‘rinishga o‘tkazib bo‘ldik.
Ikkinchidan, Yevropa Ittifoqining moliyaviy ko‘magi asosida Davlat xizmatlari agentligi hamda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot Dasturi (BMTTD) hamkorligida «FHDYo yagona elektron arxivi» axborot tizimi blokcheyn texnologiyasi asosida modernizatsiya qilinmoqda. Dekabr oyigacha barcha FHDYo organlarida blokcheyn texnologiyasi joriy etiladi.
Bu nima beradi? Ilgarilari nikohni qayd ettirish uchun ariza topshirganlar bir oylik muddatni kutib o‘tirmasdan turli yo‘llar bilan 10-15 kunda nikoh tuzilgani haqidagi guvohnomalarni qo‘lga kiritganlar haqida eshitganmiz. Bu qanday amalga oshirilgan? Qayd daftarlari yozuvlari orasiga bir amallab yangi yozuvlar kiritilgan, deylik, ariza beruvchi 30 iyun kuni hujjat topshirgan bo‘lsa, unga 10-15 kunda guvohnoma berish uchun 15-20 kun avvalgi yozuvlar orasiga yangi qaydlar kiritilgan. Mana shu kabi holatlarning oldini olish maqsadida ushbu yangilik joriy etilmoqda. Blokcheyn texnologiyasi ishga tushirilgach jarayonga inson omili aralasha olmaydi, ya'ni qaydlarga hech qanaqa o‘zgartirish yoki qo‘shimcha kiritib bo‘lmaydi», deya No‘'mon Muhammadiyevning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Qayd etilishicha, 2019 yil 15 fevraldagi «Davlat xizmatlari ko‘rsatish milliy tizimini yanada kompleks rivojlantirish choralari haqida»gi prezident qarori bilan Adliya vazirligiga manfaatdor idoralar bilan birgalikda «FHDYo yagona elektron arxivi» axborot tizimining blokcheyn texnologiyasidan foydalanish asosida, shu jumladan davlat-xususiy sheriklik shartlarida joriy etilishini ta'minlash topshirilgan.
Blokcheyn asosida yaratilgan modul xozirda faoliyat yuritayotgan “FHDYo yagona elektron arxivi” axborot tizimiga qo‘shimcha modul ulanadi. Uning asosiy vazifasi quyidagilardan iborat bo‘ladi:
– «FHDYo yagona elektron arxivi» axborot tizimiga qo‘shimcha maxsus apparat vositalaridan foydalanmasdan xavfsiz kirish va tizimdan foydalanish imkoniyatini yaratish;
– kiritilgan fuqarolik holati yozuvini bloklar deb ataluvchi xesh-funksiya yordamida o‘zgarmas blokka joylashtirish (xeshlash). Ma'lumotlar bazasiga tizimda ishtirok etuvchi barcha ishtirokchilar tomonidan tasdiqlanganidan keyin yangi ma'lumot kiritilishini va o‘zgartirilishini ta'minlash.
Alohida blokdagi ma'lumotni o‘zgartirish tizimda foydalanuvchi tomonidan mustaqil ravishda imkoni mavjud emas, ya'ni bir blokdagi ma'lumotning o‘zgartirilishi barcha avvalgi bloklarga ta'sir qiladi. Shu jihatdan axborot xavfsizligi ta'minlanadi hamda tizimda shaffoflik ta'minlanadi.
«FHDYo yagona elektron arxivi» axborot tizimining blokcheyn texnologiyasi asosida modernizatsiya qilish ishlarini to‘liq yakunlash hamda amaliyotga tatbiq qilish joriy yilning dekabr oyiga rejalashtirilgan.
So‘nggi yangiliklar
-
Bayram bayramday bo‘ldi. O‘zbekistonning tarixiy o‘yinidan Kun.uz fotoreportaji
Sport | 00:13
-
Islom To‘xtaxo‘jayev o‘ziga berilgan BYDʼni jamoadoshi Bobur Abduxoliqovga sovg‘a qildi
Sport | 23:49 / 10.06.2025
-
300 ming dollar vasvasasi yoxud qotillik bilan tugagan sheriklik - suddan reportaj
Jamiyat | 23:40 / 10.06.2025
-
10 iyun yangiliklari: O‘zbekistonda ro‘y bergan muhim voqea va hodisalar
O‘zbekiston | 23:33 / 10.06.2025
Mavzuga oid

19:06 / 05.03.2025
O‘zbekiston MDH davlatlari uchun FHDYo yagona tizimini ishlab chiqadi

07:30 / 15.03.2024
O‘zbekistonda ikki oyda qancha nikoh qayd etilgani aytildi

18:21 / 05.01.2024
O‘zbekistonda 2023 yili eng ko‘p qo‘yilgan ismlar ma’lum qilindi

18:37 / 23.10.2023