Gretsiyada rossiyalik Konstantin Semyonov va Ivan Voznikovsev migrantlarni noqonuniy taşiş, odam savdosi va çegarani noqonuniy kesib ötişdi ayblanib, ularning har biriga 253 yilga ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlandi.
Gretsiyada bunday jinoyatlar uçun qamoq muddati ayblanuvçilar taşigan noqonuniy migrantlar sonidan kelib çiqib tayinlanadi. Semyonov va Voznikovsev bilan boğliq holatda 20dan ortiq migrant haqida söz borgan.
Ayblanuvçilar Turkiyaga işlagani kelişgani, turistlarni taşiş bilan şuğullanamiz deb öylaşganini aytişgan. Ularning qanday qilib sud oldida javobgar bölib qolişgani haqida Xalqaro inson huquqlarini himoya qiliş qömitasining Rossiyadagi bölimi rahbari Ivan Melnikov quyidagilarni aytdi:"Ular dengizga çiqişgan, ammo yaxtasi bir neça marta buzilganidan keyin iş beruvçiga xabar qilişgan. Iş beruvçi ularga yordam jönatilişini aytgan, ammo yordam örniga noqonuniy migrantlar ötirgan qayiqlar kelgan. Iş beruvçi dengizçilarga tahdid qilganidan söng ular migrantlarni bortga olişga majbur bölgan".
Ayblanuvçilar sudda ayblarini tan olmagan.











