Oliy Majlis Qonunçilik palatasi deputati Rasul Kuşerbayev Telegram'dagi kanalida Özbekistonda pandemiya tufayli keçayotgan oğir vaziyat va şunday paytda ham tez yordam uçun avtomobillarini qimmat narxda sotişda davom etayotgan «Özavtomotors»ga jiddiy e'tirozlarini bayon qilgandi.

«UzAuto Motors» kompaniyasi deputatning bu çiqişiga nisbatan öz munosabatini bildirdi.

«Keça göyoki «UzAuto Motors» kompaniyasi tez yordam uçun avtomobillarni oşirilgan narxlarda sotayotgani haqida balandparvoz bayonot bergan deputat Kuşerbayev madaniy muloqot doirasidan çetga çiqdi, zero mavzudan bexabar öquvçi uçun bamisoli kompaniyamiz mavjud vaziyatda narxlarni atayin oşirayotgandek bölib körindi. Tabiiyki, bu gap haqiqatga mutlaqo töğri kelmaydi va «UzAuto Motors», ayrim siyosatçilar uçun populizm asosiy, ba'zida esa, yagona qurol bölişini yaxşi tuşungan holda, Rasul Xidraliyeviçning ayblovlarini bandma-band tahlil etişga tayyor.

Janob Kuşerbayev «UzAuto Motors» COVID-19 pandemiyasi munosabati bilan Özbekistonda yuzaga kelgan oğir vaziyatni e'tiborga olmayotir, deya da'vo qiladi. Biroq, biz professional jurnalist özi aytayotgan sözlarining mohiyatini çuqurroq anglaşi, tajribali parlamentariy esa, sözlarining mas'uliyatini yaxşiroq his qilişi lozim ekanligiga aminmiz. Aftidan, deputat uçun bu – öz şaxsini butun tarmoqqa qarşi qöyiş hisobiga auditoriya qamroviga osonroq erişişga qaratilgan oddiy xabar bölgan. Şunday bölsa-da, öz saylovçilariga bölgan oddiy hurmat ham ularga tekşirilgan axborot taqdim etişni nazarda tutadi. Afsuski, bayonotdagi deputat sözlarida haqqoniylikdan asar ham yöq.

Nafaqat «UzAuto Motors», balki kompaniya xodimlari ham, hamkorlari ham pandemiyaning birinçi kunlaridan koronavirusga qarşi kuraşda faol qatnaşib kelmoqda. Töğri, ehtimol, kompaniya özining xayriya aksiyalarini köz-köz qilmayotgandir, biroq bu heç bir siyosatçiga tarmoq korxonalarining va ularda işlayotgan ön minglab xodimlarning umumiy kuraşga qöşayotgan hissalarini kamsitiş huquqini bermaydi.

Xayriya işlaridagi uluşlari haqida gapiriş kompaniya odatlariga kirmaydi, ammo Rasul Kuşerbayev özining haqoratomuz posti bilan ularni yodga olişga majbur qilmoqda: «Özavtosanoat» AJ va uning tuzilmaviy bölinmalari birinçilardan bölib «Özbekiston mehr-şafqat va salomatlik» jamoatçilik fondiga 1 milliard sömdan ziyod mablağ ötkazdi. Bundan taşqari, joriy yil aprel oyida kompaniya respublikaga xorijiy hamkorlaridan