AQŞ davlat departamenti Ukraina fuqarolari Artyom Radçenko va Aleksandr Yeryomenkolarni qölga olişga yordam beradigan ma'lumot uçun 2 mln dollar mukofot berilişini e'lon qildi.
Bunda ularning har biri uçun 1 mln dollardan mukofot belgilangan. Ular "transmilliy uyuşgan jinoyatçilik, xususan, kiberjinoyatçilikka aloqadorligi uçun" qidirilmoqda.
Davlat departamentining bayonotida aytilişiça, AQŞ maxfiy xizmati tekşiruvlari yakuniga köra. 2020 yil yanvarda Radçenko va Yeryomenkoga nisbatan 16ta punkt böyiça firibgarlik qiliş ayblovi e'lon qilingan.
Ular xavfsizlik va almaşuvlar böyiça komissiyaning ma'lumotlar tizimini buzişgan va minglab fayllarni öğirlab, sotib yuborişgan.

















