Uning bu boradagi fikrlari Senat rasmiy saytida joylangan.
Dilorom Toşmuhammedova mamlakatda fuqarolarni koronavirus va uning oqibatlaridan himoya qiliş böyiça qator işlar qilinayotganiga qaramay, kasallik tarqalişi va ölim holatlari köpayayotganini urğulaydi. Bu borada esa u joylarda amalga oşirilayotgan işlar tizimli tartibga solinmagani va qator kamçiliklarga yöl qöyilayotganini sabab sifatida keltiradi.
«Birinçidan, birlamçi tibbiy xizmat körsatiş tizimidagi muammolar bugungi muşkul vaziyatda röyi rost böy körsatdi. Ya'ni koronavirus kasalligiga gumonlangan şaxslarni davolaş va nazoratni olib borişda birlamçi tibbiyot xodimlarining professional malakasi va tajribasi kamligi, bu sohada kadrlar yetişmovçiligi yuzaga çiqib, öz navbatida, bu kelgusida birlamçi tibbiyot xodimlari sonini köpaytiriş, ularning bilim va malakalarini oşiriş maqsadida amaliy öquv maşğulotlari ötkaziş, uşbu tizim yaxlit bir mexanizm sifatida faoliyat yuritişi uçun epidemiologlar tomonidan aniq çoralar belgilanişini taqozo etadi.
Ikkinçidan, Innovatsion soğliqni saqlaş milliy palatasi tomonidan COVID-19 infeksiyasi yengil keçayotgan bemorlarni davolaş böyiça vaqtinçalik klinik körsatmalar işlab çiqilgan. Endilikda bugungi epidemiologik vaziyatni hisobga olib, tibbiy mutaxassislar tomonidan yordam körsatişning barça bosqiçlarida bajariladigan harakatlar algoritmlari va standartlarini ham işlab çiqiş hamda şifokorlarning har bir xatti-harakatlari şunga asoslanişi maqsadga muvofiq. Qolaversa, test ötkazuvçi eng zamonaviy uskunalarni mamlakatga olib keliş va sifatli laboratoriyalarni köpaytiriş zarur.
Şuningdek, JSST tavsiyasi hamda rivojlangan davlatlarning pandemiyaga qarşi kuraş böyiça samarali tajribasidan kelib çiqib, koronavirusga PZR tahlili (infeksiyani aniqlaşda yuqori sezgirlikka ega tekşiriş usuli) oliş tizimini mukammallaştiriş va aholini testdan ötkazişni keskin köpaytiriş ham foydadan xoli bölmaydi.
Uçinçidan, bugungi kundagi statistika har kuni koronavirus yuqtirib olayotganlarning qariyb 70 foizi aholi orasida aniqlanayotganidan dalolat bermoqda. Ammo odamlar orasida klinik belgilarsiz kasallik tarqatuvçiga aylanib qoliş ehtimoli borligi köpçilikning parvosiga ham kelayotgani yöq.
Şu bois, ayniqsa, mamlakatimizning boşqa hududlariga qaraganda poytaxtimizda vaziyat oğirligini inobatga olib, kasallik zanjirini uziş uçun zarurat bölmaganida boşqalar bilan muloqotga kirişmaslik, aholi gavjum joylarda karantin tartiblariga sözsiz itoat etiş, bemaqsad töplanmaslik yuzasidan amaliy çoralar köriş, har bir odamning şaxsiy mas'uliyati haqidagi tarğibot işlarini kuçaytiriş, şu jumladan, koronavirus infeksiyasiga qarşi kuraş samaradorligini oşiriş böyiça belgilab berilgan vazifalar ijrosini ta'minlaş böyiça qat'iy deputatlik va jamoatçilik nazoratini örnatiş talab etiladi.

















