Moskvada «Olimpiyskiy» sport majmuasining içki konstruksiyalarini portlatiş orqali buziş boşlandi. Bu haqda şahar aholisi Instagram akkauntlarida ma'lum qildi.

 «"Olimpiyskiy"ni asta-sekin parçalaşmoqda. U bu yerda ötkazilgan Olimpiada-80dan tortib Yevrovideniye 2009gaça tarixda qoladi. Yulduzlarning konsertlari va yirik sport musobaqalari bilan yodda qoladi», — deb yozadi foydalanuvçilardan biri.

Aytilişiça, portlatiş birin-ketin amalga oşirilmoqda.

«Komsomolskaya pravda» naşrining yozişiça, portlaş ovozini eşitgan moskvaliklar politsiyaga qönğiroq qilişni boşlagan, politsiya ularni tinçlantirgan.

«Kiyevskaya ploşçad» kompaniyalar  guruhi matbuot xizmatining bildirişiça, modernizatsiyadan söng «Olimpiyskiy» jahon miqyosidagi musobaqalarni qabul qiladigan  sport obekti hamda konsert dasturlari ötkaziladigan ommabop maydonga aylanadi.

«Olimpiyskiy» şu yilning yanvarida kapital ta'mirlaş uçun yopilgandi. Ta'mirlaş işlari 3 yil davom etadi.