Ultrabinafşaga ega nurlar ostida virus yetarli darajada tez nobud böladi. Ultrabinafşa ta'siri ostida ham ular tezda öladi. 

Bundan xavfli viruslar bilan işlaydigan laboratoriyalarda dezinfeksiya usuli sifatida foydalaniladi, deb «G.P. Somov nomidagi epidemiologiya va mikrobiologiya ilmiy-tadqiqot instituti» eksperimental virusologiya laboratoriyasining yetakçi ilmiy xodimi Galina Kompanets sözlarini keltirmoqda RIA Novosti. Natijada, köçada umumfoydalanadigan buyumlardan virusni yuqtirib oliş xavfi pasayadi. 

Ammo, infeksiyani yuqtirib olişning asosiy yöli – havo-tomçi hisoblanadi. Demak, kasal odam bilan xoh köçada, xoh yopiq binoda yaqin aloqada bölganda virusni yuqtirib oliş mumkin. 

Ultrabinafşa odamga yuqqan virusga ta'sir qilolmaydi yoki organizmni viruslarga ta'sirçanligini pasaytirolmaydi. Bundan taşqari, Covid-19 zarralari çangga ötirib, ma'lum vaqt davomida havoda muallaq turişga qodir. Şu tufayli ham niqob taqiş majburiy bölib qolişi kerak.

«Agar bu bevosita aloqa bölsa, masalan suhbatlaşganda, yuz niqob bilan himoyalanmagan bölsa, yötal yoki aksa urganda infeksiya yuqişi mumkin», - dedi ekspert.

Quyoş nurlari ostida bölişning katta afzalligi bor. Ultrabinafşa odam organizmida vitamin D işlab çiqişiga sabab böladi. Uning yetişmovçiligi esa immunitetni susaytiradi.