Turkmaniston Jahon savdo taşkilotida kuzatuvçi maqomini oldi, deb xabar berdi mamlakat taşqi işlar vazirligi.

Xabarda qayd etilişiça, 22 iyul kuni Jahon savdo taşkiloti boş kengaşining navbatdagi yiğilişi bölib ötgan.

"Muhokamalardan söng JST boş kengaşi a'zolari Turkmanistonga taşkilot kuzatuvçisi maqomini beriş töğrisida bir ovozdan qaror qabul qildi. Hozirda 164ta davlat JST a'zosi hisoblanadi. Turkmaniston kuzatuvçi davlat maqomini olgan 25-mamlakat böldi", - deyiladi Turkmaniston TIV xabarida.

Turkmanistonning JSTga a'zo böliş masalasi birinçi marta 2011 yilda Yevrokomissiyaning öşa paytdagi rahbari Joze-Manuel Barrozu tomonidan kötarilgandi. U Aşxobodga taşrifi çoğida Gurbanguli Berdimuhamedovga Jahon savdo taşkilotiga kiriş uçun ariza berişni taklif qilgandi.