Bugun, 24 iyul kuni Istanbulda masjidda ilk juma namozi öqilmoqda.

Ertalabdan Istanbul va Turkiyaning boşqa hududlaridan kelganlar masjid maydoniga yiğila boşladi. Voqea Turkiyadagi önlab mahalliy naşrlar va boşqa köplab xorijiy ommaviy axborot vositalarida yoritilmoqda. Köplab musulmonlar Turkiya bayroqlarini uşlab, «Alloh buyukdir. Ayo Sofiya qayta oçildi», deya jar solişmoqda.

Masjidning oçiliş marosimida Rajab Toyib Erdöğan ham iştirok etmoqda.

Namozda iştirok etişni istaganlar soni köpligini hisobga olib, hukumat dindorlar uçun masjidga tutaşgan 5ta maydonni maxsus tayyorlaşga qaror qildi. Odamlar politsiya nazoratidan ötib, Sulton Ahmad maydoniga yiğilişmoqda. Xavfsizlikni ta'minlaş uçun 17 ming politsiya xodimi safarbar etilgan.

Koronavirus pandemiyasi sabab namoz öqiydiganlar niqob taqişi majburiy, şuningdek, ularning tana harorati ham tekşiriladi. Şifokorlar, tez yordam maşinalari va sanitar vertolyoti aholi xizmatida.

Turkiya Diniy işlar boşqarmasi marosim uçun maxsus ibodat dasturi işlab çiqqan. Maşhur imomlar va qorilar Qur'ondan suralarni tilovat qilişmoqda.

Ma'lumot uçun, Ayo Sofiyaning qurilişi milodiy 532 yilda boşlangan va 537 yil 27 dekabrda yakunlangan. Ibodatxona dastlab çerkov bölgan. 1453 yilda Istanbul Fotih Sulton Mahmud tomonidan egallangaç, Ayo Sofiya Usmonlilar davlatining asosiy masjidiga aylanadi. Obida muzey sifatida 1985 yilda YuNeSKOning jahon merosi röyxatiga kiritilgan. 1996 yilda esa Jahon yodgorliklari röyxatidan örin olgan.