Ibodat 24 iyuldan 25 iyulga qadar kuni bilan davom etadi va barça xohlovçilar uçun oçiq böladi.
Gretsiyaning Yethnos naşri xabariga köra, 23 iyul kuni Ayo Sofiya atrofida avtomobillar harakati töxtatiladi. Namozda iştirok etiş uçun musulmonlar özi bilan niqob, joynamoz, şuningdek «sabr va hokisorlik»ni olib kelişlari lozim böladi.
Nasroniy freskalar ibodat qilayotgan musulmonlarning közi tuşmasligi uçun parda bilan tösiladi. Dastavval öziga xos yoritiş moslamalaridan foydalaniş közda tutilgan edi, ammo yoruğlik rejimining özgarişi freskalar holatiga salbiy ta'sir etişi mumkinligidan kelib çiqib, bu ğoyadan voz keçildi.
Ayo Sofiyaga 3 nafar imom va 5 nafar muazzin tayinlandi.
Eslatib ötamiz, 10 iyul kuni Turkiya davlat kengaşi mamlakatning ilk prezidenti Mustafa Kamol Otaturkning Ayo Sofiyani muzeyga aylantiriş va uning hududida diniy marosimlarni ötkazişni taqiqlaş haqidagi qarorini bekor qilib, unga masjid maqomini qaytariş haqidagi yakuniy qarorni qabul qildi.
Turkiya hukumatining bu qaroriga Gretsiya, YuNeSKO, Rus pravoslav çerkovi qarşi çiqişdi. Rim papasi esa Istanbuldan kelayotgan xabarlardan qayğuda ekani haqida bayonot berdi.












