Bugun, 23 iyul kuni Toşkent şahri hokimi Jahongir Ortiqxöjayev «Özekspomarkaz»dagi Taqsimlaş markaziga borib, bu yerdagi şaroitlar va mazkur maskanning bemorlarni qabul qilişga qançalik tayyorligini közdan keçirdi.

 

«Markaz bilan tanişiş jarayonida bu yerga keluvçilarning xavfsizligini ta'minlaş, ularni taqsimlaş va joylaştiriş uçun yaratilgan şaroitlarga e'tibor qaratdi. 

Ta'kidlaş joiz, Covid-19 kasalligiga gumon qilinganlarga aniq taşxis qöyiş va zarur birinçi yordamni körsatiş maqsadida taşkil etilayotgan mazkur markaz bemorlarni qabul qilişga deyarli tayyor.

Bu yerda virus borligiga gumonlangan şaxslar vaqtinça saqlanib, ularga birinçi tez yordam körsatiladi va taşxis qöyilganidan keyin salomatligining holatiga köra şahrimizdagi davolaş-profilaktika muassasalariga yönaltiriladi», deyiladi Toşkent şahri hokimligi matbuot xizmati xabarida.

Zarurat yuzaga kelganda bu yerdan şifoxona sifatida foydalaniş uçun ham kerakli şaroitlar yaratilgan, buning uçun markaz talab etilgan tibbiyot jihozlari va uskunalari bilan ta'minlangan.

https://ok.ru/videoembed/1597120449215

Markazda 250 nafar tibbiyot sohasi mutaxassislari faoliyat yuritişi rejalaştirilgan. Bu yerga şahrimizning turli hududlaridan Covid-19’ga gumonlanganlar olib kelinadi. 

«Markazda infeksionist, virusolog va boşqa qator tor mutaxassislar jamlangan hamda test va tahlillarni ötkaziş uçun zarur şaroit yaratilgan.