Zaripboy Qodirov Qoraqalpoğiston Respublikasi Şumanay tumani davlat soliq inspeksiyasi boşliği etib tayinlandi.

DSQ matbuot xizmati xabariga köra, Zaripboy Qodirov 1971 yil Qoraqalpoğiston Respublikasi Şumanay tumanida tuğilgan. 1992 y. Şumanay sovxoz texnikumini, 2007 yil Nukus davlat pedagogika institutini tamomlagan.

U soliq organlaridagi mehnat faoliyatini 1996 yilda Qoraqalpoğiston Respublikasi Şumanay tumani davlat soliq inspeksiyasi boş hisobçisi lavozimidan boşlagan.  

Z.Qodirov yangi lavozimga tayinlangunga qadar Şumanay tumani davlat soliq inspeksiyasi boşliği örinbosari lavozimida faoliyat yuritayotgan edi.

Sanjar Muhammedov Buxoro viloyati, Buxoro tumani davlat soliq inspeksiyasi boşliği lavozimiga tayinlandi.

Sanjar Muhammedov 1988 yilda Samarqand viloyatida tuğilgan. 2009 y. Oliy harbiy bojxona institutini tamomlagan.

U soliq organlaridagi mehnat faoliyatini 2012 yilda Buxoro viloyati Şofirkon tumani davlat soliq inspeksiyasi Soliq qarzini majburiy undiriş şö'basi davlat soliq katta inspektori, şöba boşliği lavozimidan boşlagan.

S.Muhammedov yangi lavozimga tayinlangunga qadar DSQ Strategik rivojlantiriş boşqarmasi Zamonaviy soliq ma'murçiligini joriy etiş bölimi davlat soliq boş inspektori lavozimida işlab kelayotgan edi.

Jalolbek Rözimov Xorazm viloyati Hazorasp tumani davlat soliq inspeksiyasi boşliği etib tayinlandi. 

Rözimov Jalolbek 1985 yilda Xorazm viloyatida tuğilgan. 2007 yilda Toşkent moliya institutini tamomlagan.

U soliq organlaridagi mehnat faoliyatini 2008 yilda Hazorasp tumani davlat soliq inspeksiyasi Yakka tadbirkorlarni soliqqa jalb qiliş va uçastka inspektorlari şö'basi davlat soliq inspektori lavozimidan boşlagan.