Brifingda vazir örinbosari sohada ilm va işlab çiqariş integratsiyasini ta'minlaş borasida qilinayotgan işlar haqida ma'lumot berib, quyidagilarni sanab ötdi:
- Yetuk xalqaro ekspertlar bilan jahon tajribasi tahlil qilindi.
- Tahlil natijalaridan kelib çiqqan holda soha uçun yangi taşabbusni, ya'ni Agroxizmat markazlarini har bir viloyatda taşkil etiş böyiça çora-tadbirlar işlab çiqildi.
- Farğona viloyatida Agroxizmat markazini taşkil etiş işlari boşlandi va yil yakunigaça işga tuşiriladi.
Vazir örinbosariga köra, barça viloyatlarda oçilişi rejalaştirilayotgan bu markazlar orqali tajribali mutaxassislar tomonidan «yagona darça» tamoyilida fermerlarga 500dan ortiq xizmatlar körsatiladi.
«Şu joyning özida fermerlar va klasterlar yangi texnologiyalar va uskunalar bilan tanişiş, köçat, uruğ, öğit kabi muammolarini hal etadi va umuman har qanday masalalariga yeçim topadi. Uşbu yangi tizim doirasida ilm bilan işlab çiqarişning uzviy boğliqligi ta'minlanadi», – deydi Bahodir Xoliqov.
Ma'lum qilinişiça, hududiy Agroxizmat markazlari faoliyatini muvofiqlaştiriş böyiça Toşkent viloyati Yuqoriçirçiq tumanida Qişloq xöjaligida bilim va innovatsiyalar (AKIS) milliy markazi faoliyati yil yakunigaça yölga qöyiladi.
«Bugungi kunda vazirlikka Turkiya, Buyuk Britaniya, FAO mutaxasislari va Niderlandiyadan malakali mutaxassislar jalb etilib, işçi guruhi taşkil etildi. Ular tomonidan yangi AKIS tizimining strategiyasi va «yöl xaritasi» işlab çiqilmoqda va uç oy içida tasdiqlaş uçun Hukumatga kiritiladi», – dedi vazir örinbosari.
Ma'lumot uçun, bu kabi markazlar rivojlangan xorijiy davlatlarda ança ommalaşgan. Ularda fan, ta'lim va işlab çiqarişni integratsiyalaş maqsadida Qişloq xöjaligida bilim va innovatsiyalar tizimi (AKIS) yölga qöyilgan.
Ular tomonidan yangi innovatsion bilim va texnologiyalar keng joriy etilişi bilan bir qatorda agroxizmatlar ham körsatiladi.
Özbekistonda Agroxizmat markazi faoliyati ilk bor Farğona viloyatida yölga qöyiladigan böldi.
Markaz orqali davlat-xususiy şerikçilik şartlarida 500dan ortiq agrosanoat majmuiga oid xizmatlar, jumladan 40dan ortiq yangi turdagi xizmatlar: geoaxborot tizimlari, dron xizmatlari, xalqaro standartlar, «Organic», «Global G.A.P» va «Halol» sertifikatlari joriy qilinadi.

















