Bu haqda şahar meri Sergey Sobyanin «Rossiya 1» telekanali efirida gapirdi.
«Vaksina işlab çiqilişi bilan emlaş kampaniyasini boşlaymiz. Vaksinatsiya bepul böladi. Butun ambulator-poliklinika tizimi vaksinatsiya uçun xizmat qiladi», — dedi Sobyanin.
Uning sözlariga köra, kuz fasli kelişi va gripp bilan kasallaniş holatlari oşişi bilan yanada oğir bölişi mumkin.
«Albatta, bu yil grippga qarşi emlaşni ham kuçaytiriş lozim böladi. Çunki birdaniga 2ta epidemiyaning – gripp va koronavirusning avj olişiga yöl qöymaslik lozim. Bu juda muhim. Murakkab hajmli iş, unga tayyorgarlik köryapmiz», - dedi mer.
Hozirgi vaqtda Moskva poliklinikalarida koronavirusga qarşi burun va tomoqdan olinadigan surtma testini va antitana uçun tomirdan olinadigan qon testini bepul topşiriş mumkin.
Rossiyada koronavirusga qarşi testni işlab çiqiş bilan 3ta muassasa şuğullanmoqda – Novosibirskdagi «Vektor» virusologiya ilmiy markazi, Sankt-Peterburgdagi vaksina va zardob instituti, Moskvadagi N.F.Gamaleya nomli markaz. Vaksina işlab çiqilganidan söng uni dastlab koronavirus yuqtirib olganlar bilan işlovçi va xatarli guruhga kiruvçi tibbiy xodimlar olişadi.













