Nega magistratura bosqichida o‘qishni ko‘chirish mumkin emas? Vazirlik izoh berdi
Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi matbuot kotibi Farhod Babashev AOKAda o‘tkazilgan brifingda nega o‘qishni ko‘chirish amaliyoti ta'limning magistratura bosqichida amal qilmasligi bo‘yicha izoh berdi.
“Oliy ta'lim muassasalariga, shu jumladan, xorijiy oliy ta'lim muassasalaridan talabalar o‘qishini ko‘chirish Vazirlar Mahkamasining 393-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Oliy ta'lim muassasalari talabalari o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash va o‘qishdan chetlashtirish tartibi to‘g‘risidagi Nizom”ga muvofiq amalga oshiriladi.
Mazkur Nizomning 232-bandiga muvofiq, xorijiy oliy ta'lim muassasalarining magistratura bosqichida tahsil olayotgan talabalar o‘qishini O‘zbekiston Respublikasi oliy ta'lim muassasalariga ko‘chirilishiga ruxsat etilmaydi.
“Magistratura to‘g‘risidagi Nizom”ga muvofiq, magistratura talabalariga birinchi o‘quv yilining dastlabki ikki oyida magistrlik dissertatsiyalari mavzulari va ularga biriktirilgan ilmiy rahbarlar tasdiqlanadi. Magistratura talabalarining magistrlik dissertatsiyalarini tayyorlash jarayoni birinchi kursning birinchi semestridan boshlanadi. Magistratura talabalari o‘qishining ko‘chirilishi natijasida ularning qolgan muddatda magistrlik dissertatsiyalarini yangidan belgilangan talablar darajasida tayyorlash imkoni mavjud emas.
Yuqoridagilarni inobatga olgan holda magistratura bosqichida talabalar o‘qishini ko‘chirish maqsadga muvofiq emas”, deya vazirlik vakilining so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Tavsiya etamiz
Toshkentda endi avtomobilni onlayn ro‘yxatdan o‘tkazish mumkin
O‘zbekiston | 20:34 / 24.04.2025
Bojxonadagi cheklovlar: fuqaro bojni to‘lay olmasa, nima bo‘ladi?
O‘zbekiston | 22:43 / 23.04.2025
Londonda tinchlik muzokaralari barbod bo‘ldi
Jahon | 21:29 / 23.04.2025
Xitoy Oyda AES qurish rejasini tasdiqladi
Jahon | 17:06 / 23.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Yaponiyada salkam 30 yil avtobus boshqargan haydovchi 7 dollar o‘g‘irlagani uchun ishdan bo‘shatildi
Jahon | 00:43
-
Niderlandiya qiroli mamlakatni «tish-tirnog‘igacha qurollantirishga» chaqirdi
Jahon | 00:22
-
Qirg‘izistonda RF armiyasiga yollash ishi bo‘yicha rossiyalik polittexnolog hibsga olindi
Jahon | 23:58 / 24.04.2025
-
Tramp millionerlar uchun soliqlarni oshirishdan bosh tortdi
Jahon | 23:25 / 24.04.2025
Mavzuga oid

15:02 / 28.01.2025
Akademik halollik, yangi adabiyotlar, oliygohlar transformatsiyasi: milliy ta’limda nimalar o‘zgaryapti?

23:29 / 28.08.2024
Magistraturaga qabul natijalari e’lon qilindi

14:50 / 06.08.2024
Magistratura uchun rad etilgan arizalarni tahrirlashga qo‘shimcha muddat berildi

19:01 / 27.07.2024