«O‘zdavkarantin»: Xitoyga qovun eksporti uchun 173ta dala va 11ta qadoqlash korxonasiga ruxsat olindi
«O‘zdavkarantin» tomonidan Xitoyga qovun mahsulotini eksport qilish uchun qovun yetishtiriladigan dalalarning 173 tasi hamda qadoqlash korxonalarining 11 tasiga ruxsat olingan.

Bu haqda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘simliklar karantini davlat inspeksiyasi matbuot xizmati rahbari Durdona Ochilova 25 iyul kungi brifingda ma'lum qildi.
Uning aytishicha, «O‘zdavkarantin» pandemiya sharoitida ham mahalliy mahsulotlar eksportini amalga oshirish uchun yangi tashqi bozorlarga yo‘l ochishga intilmoqda.
Jumladan, «Xitoy Xalq Respublikasi o‘simliklar karantini xizmati bilan olib borilgan amaliy ishlar natijasida, hozirda yurtimizdan Xitoyga qovun mahsulotini eksport qilish uchun qovun yetishtiriladigan dalalarning 173 tasi hamda qadoqlash korxonalarining 11 tasiga ruxsat olindi.
Bu dalalarning 114 tasi Xorazm, 40 tasi Sirdaryo, 12 tasi Qashqadaryo hamda 7 tasi Jizzax viloyatlariga to‘g‘ri keladi», – deya Ochilovaning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Ma'lumot uchun, O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripovning 2019 yil 27—28 avgust kunlari Xitoyga amalga oshirgan rasmiy tashrifi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘simliklar karantini davlat inspeksiyasi va Xitoyning bosh bojxona boshqarmasi o‘rtasida «O‘zbekistondan Xitoyga qovun eksport qilish bo‘yicha fitosanitar talablar to‘g‘risida bayonnoma» imzolangan edi.
Ushbu bayonnomaga muvofiq, O‘zbekistondan Xitoyga eksport qilinadigan qovun O‘zbekistonning to‘rtta viloyatidan – Xorazm, Sirdaryo, Jizzax va Qashqadaryo viloyatlaridan bo‘lishi belgilab qo‘yilgan. Shuningdek, Xitoyga eksport qilinadigan qovun fitosanitar talablarga to‘liq muvofiq kelishi, jumladan, zararli organizmlardan xoli hududlarda yetishtirilib, karantin inspektori tomonidan monitoring nazoratidan o‘tkazilgan bo‘lishi talab etiladi.
Xitoy tomonidan qovun eksportiga qo‘yilayotgan talablarning to‘liq matni bilan ushbu havola orqali tanishish mumkin.
Bungacha O‘zbekistonning Xitoyga qovun eksporti 2017 yilda fitosanitar qoidalar bo‘yicha aniqlagan kamchiliklar tufayli uzilib qolgan.
Tavsiya etamiz
“O‘rgimchak to‘ri”: Ukraina qo‘lidagi kartalardan birini ochdi
Jahon | 21:12 / 04.06.2025
Dunyoda faqat bir mamlakat o‘zini oziq-ovqat bilan to‘liq ta’minlashi ma’lum bo‘ldi
Jahon | 18:47 / 04.06.2025
Islandiya sobiq prezidenti milliy bog‘ga gid bo‘lib ishga joylashdi
Jahon | 21:25 / 03.06.2025
Urushlar endi o‘zgacha: «O‘rgimchak to‘ri» operatsiyasi haqida
Jahon | 22:27 / 02.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tramp Rossiya va Ukraina haqida: «Ba’zida bolalarga biroz mushtlashishga qo‘yib bergan ma’qul»
Jahon | 15:01
-
Kreml: Ukraina bilan muzokaralar yangi bosqichi memorandumlarni o‘rganib chiqqandan so‘ng kelishiladi
Jahon | 14:25
-
Orolbo‘yi iqlimida yog‘ingarchilikni modifikatsiyalash texnologiyalari joriy etiladi
O‘zbekiston | 14:24
-
Qozog‘iston va O‘zbekiston bolalar saratoni bo‘yicha akademik markaz tashkil qiladi
O‘zbekiston | 14:03
Mavzuga oid

09:12 / 22.05.2025
Surxondaryoda qovun yegan fuqarolar zaharlangani rad etildi

18:02 / 16.05.2025
Hidi paykalni tutgan qovunlar: Toshloqda qovun pishdi

16:35 / 21.07.2024
Isi paykalni tutgan obinovvotlar: qovun dalasidan reportaj

17:55 / 17.07.2024