Farğonaning Beşariq tumani Andarxon qişloğining aksariyat aholisi har yili erta bahorda qovun ekiş uçun Jizzaxga yöl oladi. Qovunlar pişgaç, ularni uyidagi maxsus omborxonaga olib kelib joylaydi. Oktyabr oyida ilingan qovunlar keyingi yilning may oyigaça turadi. Qovunlarning yaxşi saqlanişiga Andarxon şamoli ham yordam beradi.

Dehqonlar allaqaçon maxsus omborxonalarga qovunlarni ilib qöyişgan. Şamol kirib-çiqişi uçun oçilgan tuynuklar omborxona haroratini bir xilda uşlab turişiga yordam beradi. Dehqonlarning aytişiça, ayni paytda 1 kg qovun 4 ming sömdan sotilyapti.

“Andarxon qişloği aholisi asosan qovun yetiştiriş bilan şuğullanadi. Ota-bobolarimiz ham qovun ekib tirikçilik qilişgan, biz ham bu an’anani davom ettiryapmiz. Qovun ekiş uçun erta bahorda Jizzax, Sirdaryoga borib yer olamiz. To kuzgaça musofirçilikda dehqonçilik qilamiz.

Bizga muzlatkiç kerakmas. Omborxonaning özi muzlatkiç vazifasini bajaradi. Aslida bunga heç qanday texnologiya ham şart emas. Tom qismiga mörilar qöyilgan. Omborxonaga yon tomondan havo kirib, içkarida bir xil şamol aylanadi. Bu esa qovunlarning keyingi yilning bahorigaça yaxşi saqlanişini ta’minlaydi. Şuning uçun qovunlar nihoyatda yaxşi saqlanadi. Asosan gulobi navli qovun saqlaymiz. Juda ham mazali, taniqli qovun.

Tilimi tilyorar qovunlarimiz Rossiya, Qirğiziston va Xitoyga ham sotilyapti. Qovunlar qança saqlansa, mazasi ham şunga yaraşa böladi. Qişloğimizda bahorgaça qovun böladi.

Dehqon bir gektar yeridan örtaça uç-tört “Kamaz” qovun olişi mumkin. Bu degani bir gektar yerdan 50-60 tonna qovun, tarvuz hosili yiğib olinadi. Har bir oilaning bir mavsumda 300 million sömgaça daromadi bor”, deydi andarxonlik dehqon Murodjon Qodirov.

Sarvar Ziyoyev,