Aytilişiça, hozirda bu borada Hukumat qarori loyihasi işlab çiqilmoqda.

Xoliqovga köra, modernizatsiya loyihasi doirasida intensiv boğlar taşkil etişda operator korxonalarni taşkil etib, banklar iştirokisiz töğridan töğri moliyalaştirişga 65 million dollar yönaltiriş belgilangan.

Xoliqov brifing davomida 2020 va 2021 yillarda taşkil qilinadigan intensiv boğ plantatsiyalari haqida ham ma'lumot berdi.

«Respublikaning barça hududlarida 2020 yil kuzda va 2021 yilda kamida 3 ming gektarda eksportbop meva beruvçi plantatsiya şaklida intensiv boğlarni taşkil qilib, aholiga sotişni yölga qöyiladi.

Mahalliy va xorijiy investorlar iştirokida Akademik M.Mirzayev nomidagi Boğdorçilik, uzumçilik va vinoçilik ilmiy-tadqiqot instituti tasarrufidagi yer maydonlarida davlat-xususiy şerikçilik asosida intensiv köçatçilik loyihalari amalga oşiriladi.

Joriy yil yakuniga qadar Yevropa Ittifoqi grant mablağlari hisobiga institutning Namangan ilmiy-tajriba stansiyasida in vitro laboratoriyasi, Samarqand va Toşkent ilmiy-tajriba stansiyalarida tuproq tahlili, ösimliklar fiziologiyasi hamda meva navlarini aniqlaş laboratoriyalari faoliyati yölga qöyiladi», – deya vazir örinbosarining sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.