O‘zbekiston | 09:36 / 25.07.2020
1772
3 daqiqa o‘qiladi

«Xalq nazorati» elektron portalini ishga tushirish chora-tadbirlari qabul qilinadi

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida “Xalq nazorati” elektron portalini ishga tushirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi hujjat loyihasi muhokama uchun joylashtirildi.

Qayd etilishicha, Toshkent shahar hokimligining “Raqamli rivojlanish departamenti” mas'uliyati cheklangan jamiyati tomonidan “Xalq nazorati” elektron portali ishlab chiqilgan hamda ishga tushirilgan.

Belgilanishicha:

a) Toshkent shahar hokimligining “Raqamli rivojlanish departamenti” mas'uliyati cheklangan jamiyati portalning mulkdori hisoblanadi;

b) jismoniy shaxslar shahar infratuzilmasining holati va boshqa masalalar yuzasidan xabarlar va takliflar kiritish uchun portalda bepul ro‘yxatdan o‘tadi;

v) Toshkent shahar Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish bosh boshqarmasining “1055-Markaziy shahar dispetcherlik xizmati” portalning operatori hisoblanadi.

Toshkent shahar hokimining o‘rinbosarlari, tuman hokimliklari, mutasaddi boshqarma va tashkilotlar:

Departament bilan birgalikda 2020 yilning 15 avgustiga qadar portalga ulanish va unga kelib tushgan xabarlar va takliflarni qonun hujjatlari talablariga qat'iy amal qilgan holda, to‘liq, xolis va o‘z vaqtida ko‘rib chiqilishi, bunda ayniqsa, aniqlangan muammoli masalalar o‘rganib chiqilib, hal etilishini tashkil etish va nazorat qilinishi;

portalga kelib tushgan xabarlar va takliflar bo‘yicha aniqlangan muammoli masalalarni bartaraf etish maqsadida, shahar hokimligiga taklif kiritilishi;

portaldagi xabar va takliflarning ijrochilari bilan bog‘liq bo‘lgan ma'lumotlarni doimiy ravishda yangilab borilishi hamda o‘z xizmat vazifasini sidqidildan bajarmagan ijrochilarga nisbatan belgilangan tartibda ichki mehnat tartib qoidalari asosida intizomiy javobgarlikka tortish masalasini ko‘rib chiqilishi ta'minlanadi.

Toshkent shahar hokimining o‘rinbosari – “Raqamli rivojlanish departamenti” MChJ (S.Abdullayev):

jismoniy shaxslardan portalga kelib tushgan xabar va takliflarni tegishliligi bo‘yicha boshqarma va tashkilotlarga yuborilgan murojaatlarni ko‘rib chiqilishi va hal etilishi ustidan tizimli hamda tahliliy monitoring o‘tkazib borilishi;

portalga kelib tushgan xabarlar va takliflarni hamda ularni ko‘rib chiqish jarayonida aniqlangan muammoli masalalar va ularni hal qilish faoliyatini doimiy ravishda muvofiqlashtirilishi, shuningdek, chuqur tahlil qilgan holda har chorak yakunida Toshkent shahar hokimligiga axborot kiritilishini ta'minlaydi.

Toshkent shahrining boshqarma va tashkilotlarida portal faoliyatini tashkil etish va portal bilan bog‘liq bo‘lgan tashkiliy masalalarni hal etilishida yaqindan ko‘maklashish ishlari amalga oshiriladi.

Mavzuga oid