Germaniyada samolyot turar-joy binosi ustiga qulab tuşişi oqibatida uç kişi halok böldi. Qurbonlar orasida bir nafar bola ham borligi aytildi.
Germaniyaning Vezel şahridan uçib ötayotgan kiçik samolyot turar-joy binosiga qulab tuşgan. Oqibatda uyning tom qismi vayron bölib, kamida uç kişi halok bölgan. Bu haqda şahar politsiyasi ma'lumotlariga tayanib Focus Online naşri xabar bergan.


Naşrning yozişiça, voqea joyida paraşyut topilgan. Taxminlarga köra, samolyot favqulodda qönişga harakat qilgan. Halokat sababi hozirça noma'lum. Halok bölganlar ekipaj a'zolarimi yoki uylarda yaşovçi odamlarmi – hozirça aniq emas.












