https://ok.ru/videoembed/1600664636095

«Tez yordam» loyihasining navbatdagi sonida Virusologiya instituti ilmiy xodimi, t.f.n. Ra'no Qosimova koronavirusga çalinib kasallikni yengil şaklda ötkazayotgan bemorlar va şifokorlarga ayrim tavsiyalarni berdi.

Ra'no Qosimovaning qayd etişiça, 70-80 foiz bemorda kasallik yengil va örta oğir darajada ötadi. Yengil tarzda kasallikni boşidan keçirayotgan bemorlarga dori beriş şart emas. Organizm bu vaziyatda mustaqil tarzda kuraşib, kasallikning 4-5-kunida tana harorati tuşib, bemorning ahvoli yaxşilana boşlaydi.

«Lekin hozir aholi vahimada qolmoqda. Isitma kötarilib ketganda, özini yomon his qilganda yoki biror yaqinini yöqotib qöyganda xavotir kuçayib ketmoqda.

Şu holatda bemorlar boşqalarning dori vositalarini qabul qilmoqda. Bu esa ularning holati yomonlaşişiga sabab bölmoqda. Oxirgi haftada 20-25 nafar bemorni kördim. Ular kasallikning birinçi kunlaridan tomçi dorilar, deksametazon, natriy xlor kabi dorilarni qabul qilişgan», – dedi şifokor.

Ra'no Qosimovaga köra, bunda normal holatda ketayotgan jarayonni bemorlarning özi izdan çiqaradi. Tajriba esa vaqtida suv içib, töğri ovqatlangan, yetarli miqdorda vitaminlar iste'mol qilgan bemorlarning 70-80 foizida koronavirus pnevmoniya şakliga ötmasdan yengil şaklda ötayotganini körsatmoqda.

Kasallikning birinçi kunidan dori qabul qilgan bemorlarda esa 7-8-kuni öpka şikastlanişi va qonning kislorod bilan ta'minlanişi pasayib, jonlantiriş bölimiga yotqizilişi holatlari uçramoqda.

«Antibiotik qabul qilişi natijasida diareya va köngil aynişi kabi holatlar ham kuzatilmoqda. Şuning uçun şifokorlardan ham bemorlarga dori yoki gormon berişdan oldin bemorning holatini yaxşilab örganişi va agar zarur bölsa, kerakli preparatlarni tavsiya qilişi mumkin, lekin kasallikning birinçi kunidan emas.

Agar kasalligi yengil ötadigan 70-80 foiz bemorga birinçi kundanoq statsionar şaroitda işlatiladigan dorilarni qöllasak, ularning yarmi statsionar şaroitiga köçirilişiga töğri kelişi mumkin», – deya fikr bildirdi şifokor.