DXA matbuot xizmati rahbari Sevara Zokirovaning ma'lum qilişiça, respublika maxsus komissiyasining 8 iyuldagi 33-son bayonida stiker beriş qaytadan boşlanişi belgilanmagan, avval berilgan stikerlar amaldaligi körsatib ötilgan.
«Avtotransport vositalari harakatlanişiga maxsus ruxsatnomalar talab etilmaydigan holatlar röyxatida yetkazib beriş xizmati (keytering) taşkilotlarining avtotransport vositalari (firma avtomobili) kiritilgan. Şu sababli, faoliyat turingizni tasdiqlaş uçun korxonaning ta'sis hujjatlarini olib yuriş tavsiya etiladi», - deydi u.
Dam oliş kunlari avtotransportlar harakati çeklanadi. Kimlarga ruxsat bor?
Ta'kidlanişiça, Özbekiston Respublikasiga koronavirusning kirib kelişi va tarqalişini oldini oliş yuzasidan çora-tadbirlar dasturini tayyorlaş böyiça respublika maxsus komissiyasining 2020 yil iyundagi 33-son majlis bayoniga asosan, örnatilgan karantin davrida avtotransport vositalari harakatlanişi uçun Davlat xizmatlari markazlari tomonidan ilgari berilgan maxsus ruxsatnoma (stiker)lar karantin çeklovlari amal qiliş davrida qöllaniladi.
«Maxsus komissiyaning yuqoridagi qarorida avtotransportda harakatlanişi uçun berilgan stiker-ruxsatnomalarni avtotransport vositasi almaşganda (sotilganda, nosoz yoki yaroqsiz holga kelib qolganda va hokazo) Davlat xizmatlari markazlari tomonidan qayta rasmiylaştirilişi nazarda tutilmagan», - deya qöşimça qildi Zokirova.













