Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Germaniya Rossiyaning G7ga taklif etilishiga qarshi chiqdi
Germaniya tashqi ishlar vaziri Hayko Maas 26 iyul kuni uning mamlakati Rossiyaning «katta yettilik» (G7)ga qaytarish taklifiga qarshi chiqishini aytib o‘tgan.
Foto: www.marco-urban.de / Marco Urban
«Rossiyaning chiqarilishi sababi Qrimning anneksiya qilinishi va Ukrananing sharqiy qismiga aralashuv bilan bog‘liq. Bu masala hal etilmas ekan, Rossiyani taklif qilish uchun imkoniyat ko‘rmayapman», — degan vazir Rheinische Post gazetasiga bergan intervyusida.
Maasning qayd etishicha, Germaniya Donbass bo‘yicha Minsk kelishuvlarini qo‘llab-quvvatlaydi, biroq Qrimni Ukrainaning bir qismi deb hisoblashda davom etadi.
Bundan tashqari, nemis tashqi siyosat idorasi rahbari Berlinning G7 va G20ga sodiq ekanligini ta'kidlab, mamlakat bu formatlarning G11 yoki G12 kabi kengaytirilishiga qarshi chiqishini aytib o‘tgan.
31 may kuni AQSh prezidenti Donald Tramp jahondag murakkab epidemiologiya vaziyat tufayli G7 sammitini boshqa muddatga ko‘chirish, shuningdek, unga Rossiya, Hindiston, Janubiy Koreya va Avstraliyani taklif qilish istagini bildirib o‘tgan edi.
Keyinroq AQShning Rfdagi elchisi Jon Sallivan Moskva va Vashington Rossiyaning G7 sammitida ehtimolli ishtiroki detallarini muhokama qilayotganini xabar bergan edi.
Biroq, RF TIV rahbari o‘rinbosari Sergey Ryabkov bu axborotni rad etib, zamonaviy dunyoda har qanday masalani Xitoy ishtirokisiz muhokama etish mumkin emasligini ta'kidlagan.
«Katta yettilik»ka ayni paytda AQSh, Kanada, Yaponiya, Germaniya, Buyuk Britaniya, Fransiya va Italiya a'zo. Rossiya uni 2014 yilda tark etgan. Bu holda, Rossiya unga qaytishga harakat qilmasligi, ushbu format «katta yigirmatalik» kasbi samarali emasligini qayd etib kelgan.
Mavzuga oid
20:03 / 29.01.2026
Rossiyada migrantlar soni 10 foizga kamaydi, buning sabablari aytildi
16:21 / 29.01.2026
“O‘lib ketmaslik uchun urushga bordim” – Rossiya armiyasiga yollangan yigit
15:26 / 29.01.2026
Germaniya Ukrainaga 33 ta mobil issiqlik elektr stansiyasi yuboradi
15:13 / 29.01.2026