Toşkent vraçlar malakasini oşiriş instituti rektori, Koronavirusga qarşi kuraşiş ştabi a'zosi, professor Habibullo Oqilov bilan karantin çeklovlari muddati uzaytirilişi sabablari, pandemiyaga qarşi kuraş böyiça ötgan davrda yöl qöyilgan kamçiliklar, qayta tayyorlanayotgan şifokorlar va boşqa mavzularda suhbatlaşdik.
– Habibullo Ataullayeviç, karantin çeklovlari muddatini uzaytirişga zarurat bor edimi? Aholi niqob taqişga, özini ehtiyot qilişga ança örganib qolgan bir paytda, çeklovlarni yumşatiş özini oqlamasmidi?
– Zarurat şubhasiz bor edi! Bir narsani töğri tuşunib olaylik, karantin kasallikni davolamaydi. Bu çora virus tarqalişi keskin köpayib ketişining oldini oladi. Karantin paytida biz zanjirni uzişga harakat qilamiz. Mana masalan, şanba va yakşanba kunlari köçalarda maşinalar deyarli yöq. Bu nimadan dalolat – odamlar köçaga kam çiqişyapti, bir-birlari bilan kam uçraşişyapti va kasallik yuqişi uçun imkoniyat çeklanyapti.
Ikkinçidan, aynan mana şunday çeklovlar paytida tibbiyot tizimi bir öziga kelib, nafas rostlab, kuç töplab oladi va yana kuraşişda davom etadi.
Töğri, xalqimiz çarçadi, uyda ötirib, daromadsiz qolib siqilayotganlar juda köpçilik. Davlat rahbari ham, hukumat ham, biz ham buni juda yaxşi tuşunib turibmiz. Lekin hozir böşaştirib yuboriş vaziyatni butkul izdan çiqişiga olib kelişi mumkin. Unda şifokorlarimiz köpçilik bölib safdan çiqa boşlaydi, joylar yetmay qoladi, eng oğiri – kasallaniş soni keskin oşib ketadi. Bunga yöl qöyib bölmaydi.
– Şifokorlarni işga jalb qiliş böyiça keng tarğibot olib borilmoqda. Ammo e'lon qilingan telefonlar yo işlamayapti, yoki doimo band. Boğlanişning boşqa usullari körsatilmagani haqli e'tirozlarga sabab bölyapti. Bu masala qanday yeçim topadi?
– Balki körsatilgan raqamlarga köp qönğiroq bölayotgandir, balki texnik sababdir. Lekin men işlaş istagida bölayotgan şifokorlarga özim faoliyat yurituvçi institut telefonini ham berişim mumkin – (71) 268-17-44 raqamiga qönğiroq qilsinlar va yöl-yöriq olsinlar.
Qolaversa, işlayman degan şifokorlar bölsa, bevosita şifoxonalarning öziga murojaat qilişlari mumkin. Masalan, Zangiotadagi maxsus klinikamizda ştab a'zolari muntazam işlaşmoqda. Töğridan töğri borib uçraşişlari yoki (71) 207-99-84 raqamiga qönğiroq qilişlari mumkin. Ular deyarli har kuni bizdan şifokorlar jönatişimizni söraşadi.
Poytaxt markazidagi «Ekspomarkaz» Toşkent şahar hokimligi homiyligida işlayapti. U yerda ham şifokorlarga talab bor, uçraşib, hujjat topşirsa böladi. Mana, bugunning özida













