Turkiya prezidenti Rajab Erdöğan va Rossiya prezidenti Vladimir Putin örtasida telefon muloqoti bölib ötdi. Bu haqda Kreml rasmiy saytida xabar berilgan.

Vladimir Putinning axborot xizmati ma'lumotiga köra, suhbat Turkiya tomonining taşabbusi bilan amalga oşirilgan. Tomonlar Kavkazortidagi arman-ozar mojarosini muhokama qilişdi. Rossiya prezidenti vaziyat taranglaşişiga olib keladigan har qanday mojaroga yöl qöymaslik kerak ekanini ta'kidlagan. Har ikki tomon masalani tinç yöl bilan hal qiliş kerakligini ta'kidlaşgan.

Putin va Erdöğan Toğli Qoraboğdagi mojaroni avvalo xalqaro huquq normalari asosida, keyinçalik Armaniston va Ozarboyjonning manfaatlari inobatga olingan holda hal qilinişi kerakligini ta'kidlagan. Tomonlar koronavirusga qarşi özaro kuraşni ham yuqori baholab, 1 avgustdan har ikki mamlakat örtasidagi aviaqatnovlar tiklanişini olqişlaşdi.

Kreml rasmiy saytida yozilişiça, suhbat söngida Vladimir Putin Turkiya prezidentini yaqinlaşib kelayotgan Qurbon hayiti bilan tabriklagan.