Google kompaniyasi AQŞdan Ispaniyaga Grace Hopper suvosti optik tolali kabelini ötkazişni boşlaganini e'lon qildi.
Amerikalik kompyuter dasturçisi şarafiga nomlangan Grace Hopper internet kabeli AQŞni Buyuk Britaniya va Ispaniya bilan boğlaydi.
Korporatsiyaning ma'lumot berişiça, Grace Hopper Google tarixidagi AQŞ va Ispaniyani boğlaydigan birinçi internet-kabel böladi.
CNBC telekompaniyasining xabar berişiça, Grace Hopper kabelining uzunligi AQŞdan Buyuk Britaniyagaça 6 250 km va AQŞdan Ispaniyagaça 6 300 km böladi.
Google hozirda Portugaliya va JAR hamda AQŞ va Fransiyani kabellar orqali bir-biri bilan boğlagan.

















