2020 yilning 26 iyul kuni Andijonda soat 11:00da IIB xodimlari tomonidan hamkorlikda tezkor tadbir ötkazilgan. Bu haqda Özbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar bermoqda.

Uning davomida 26 yoşli J.T. Jalaquduq tumani Yangisor köçasida 1 dona oq rangli sellofan paketga solinib qadoqlangan holdagi, oğirligi 370 gramm “gaşiş” giyohvandlik moddasini 8.000 AQŞ dollari evaziga ötkazayotgan vaqtida tezkor tadbir iştirokçilari tomonidan uşlangan. Tadbir davomida J.T.dan kimyoviy işlov berilgan 8.000 AQŞ dollar pullar aşyoviy dalil tariqasida rasmiylaştirilib olingan.

Mazkur holat yuzasidan Jalaquduq tumani Tergov bölinmasi tomonidan Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi (köp miqdorda giyohvandlik vositasini ötkaziş) bilan jinoyat işi qözğatilgan.

Dastlabki tergov harakatlari davomida, joriy yilning 25 iyul kuni soat 22:00da J.T. 29 yoşli N.T. (ayol) bilan oldindan jinoiy til biriktirib, Andijon viloyati Buloqboşi tumani öramidagi qöriqlanişi zaif bölgan hududi orqali qonunga xilof ravişda Qirğiziston Respublikasi Öş şahriga ötib, u yerdan dastlabki tergov davrida şaxsini aniqlaş imkoni bölmagan “B” ismli şaxsdan yuqoridagi “gaşiş” giyohvandlik moddasini 3.200 AQŞ dollariga sotib olib, 26 iyul kuni soat 05:00da qonunga xilof ravişda takroran Özbekiston Respublikasiga kirib kelganliklari aniqlangan.

Jinoyat işi böyiça T.J. va N.T. gumon qilinuvçi tariqasida jalb qilinib, protsessual tartibda uşlanganlar.