Geytsning ta'kidlaşiça, AQŞda tahlillar olinişi va ularning natijalari berilişi orasidagi vaqt örtaça 48 soatdan köproqni taşkil qilmoqda. “Bunday tahlil vaqt va mablağning töliq yöqotilişi hisoblanadi. Biz köplab tahlillar ötkazayotganimiz haqidagi ma'lumotlarning katta qismi behuda gaplar hisoblanadi”, deb aytgan Geyts.
Telekanalning baholaşiça, AQŞdagi laboratoriyalarga katta yuklama tuşayotgani sababli, ular odamlarga koronavirusga topşirgan tahlillari natijalarini bir neça kun, hafta yoki undan köproq vaqtdan keyin ma'lum qilmoqda. “Biror kişi natijalarini 3 yoki 7 kundan köproq vaqt kutişga töğri keladigan test uçun 1 dollar ham tölamasligi kerak”, deb ta'kidlab ötgan milliarder. Uning ta'kidlaşiça, bunday yondaşuvda odamlar virusga çalinganliklaridan juda keç xabar topişadi, tegişli çoralar körişmaydi va virusni tarqatişda davom etişadi.
Bill Geyts va uning rafiqasi Melinda 50 mlrd dollarga yaqin mablağga ega xayriya jamğarmasiga ega bölib, uşbu jamğarma faoliyatining asosiy yönalişlaridan biriga rivojlanayotgan davlatlarda xavfli kasalliklarga qarşi kuraşiş, AQŞda ta'lim va soğliqni saqlaş sohalaridagi dasturlar kiradi. Ayni vaqtda uşbu jamğarma orqali koronavirusga qarşi vaksinani işlab çiqiş va aholining eng noçor qatlamlarini pandemiya vaqtida qöllab-quvvatlaşga 300 mln dollar ajratilgan.


















