Özbekistonda umumta'lim maktablari bitiruvçilarining yakuniy davlat attestatsiyasi va oliy ta'lim muassasalariga kiriş imtihonlarini unifikatsiya qiliş va yagona imtihonni joriy etiş rejalaştirilayotgani haqida xabar bergan edik.

26 iyul kuni Kun.uz muxbiri ta'lim dasturlari, pedagogika va testologiya böyiça ekspert Komiljon Jalilov bilan intervyu taşkil qildi va kiritilayotgan uşbu yangi tizim böyiça paydo bölayotgan bir qator savollarga javob oldi.

Jumladan, ekspert intervyu davomida özi ham kiritilayotgan yangi tizimni yoqlaşini aytib, endilikda öquvçilardagi ortiqça stresslarning oldi olinişi hamda maktab bitiruvçilari bilimini obektiv soliştiriş imkoni paydo bölayotgani haqida gapirdi.

Komiljon Jalilov öz fikrida davom etar ekan, şuningdek, yangi tizimning kelgusida böy körsatişi mumkin bölgan qator muammoli jihatlarini ham ta'kidlab ötdi. 

Unga köra, yangi tizimda test sinovlarini ötkazişga mas'ul taşkilot – Davlat test markazining test savollarini (testologiyada, ya'ni baholaş haqidagi fanda «test topşiriqlari» deyiladi) tuzişga bölgan yondaşuvi tizimdan kutilayotgan natijaga töla erişiş imkonini bermasligi ham mumkin.

«Şu soha mutaxassisi sifatida menda şunday taassurot paydo böldiki, Davlat test markazi uçun test topşiriqlarining testologiyada qabul qilingan talablar, standartlarga javob berişi, ularning validligi, işonçliligi – öninçi, boringki, yigirmançi darajadagi masala. Asosiysi – jarayonni «silliqqina» ötkazib oliş va hisobot beriş: «şunça abituriyent qatnaşdi, örtaça ball şunçani taşkil etdi». Biroq test topşiriqlarining yaratilişi, aprobatsiyasidan boşlab, test natijalarining qayta işlanişi va e'lon qilinişigaça – biron-bir bosqiç testologiyaning hatto eng oddiy talablariga javob bermaydi», – degan edi ekspert.

Mazkur intervyu saytda e'lon qilinganidan bir kun ötib, Davlat test markazi özining dtm.uz saytida ekspert va jurnalistga nisbatan e'tirozli munosabati