«Men ovozim uçun uzr sörayman. Sönggi vaqtlarda juda köp gapirişga töğri keldi. Ammo, eng ajablanarlisi, siz bugun koronavirusni oyoqda yurib ötkazgan odam bilan uçraşib turibsiz», - deya uning sözlarini keltirgan BeLTA agentligi.
«Şifokorlar keça şunday xulosa berdi. Simptomlarsiz», - deya qöşimça qilgan Lukaşenko.
Belaruslar prezidenti pandemiya xavfini börttirmaslikka çaqiriqlari bilan ma'lum. 9 may kuni Minskda Ğalaba paradi ötkazilgandi - Moskva paradni iyunga köçirgandi. Lukaşenko Rossiyaga ham iyundagi paradda qatnaşiş uçun keldi.
Şuningdek, futbol böyiça Belarus çempionati davom ettirildi, bu Yevropada koronavirus tufayli töxtatilmagan yagona çempionat böldi.
Mamlakatda şu vaqtgaça umummilliy karantin joriy etilmadi. Minsk davlat çegaralarini yopmadi - lekin Rossiya, Polşa, Litva, Latviya va Ukraina bu davlat bilan çegaralarini yopib oldi.
«Belarusning oltin fondiga qöşiliş». Lukaşenko koronavirus haqida nimalar dedi?
U koronavirusga çalingani haqida Içki işlar vazirligi içki qöşinlari qismiga taşrifi vaqtida gapirdi.
«Men avval ham aytganimdek, aholimizning 97 foizi bu kasallikni simptomsiz boşdan keçirdi. Yaxşiyamki, men simptomsizlar guruhidaman. Nihoyat bu kasallikni yengib ötib, Belarusning oltin fondiga qöşildim», - deya hazillaşgan belaruslar prezidenti.
28 iyul kungi ma'lumotlarga köra, uşbu mamlakatda koronavirusdan zararlaniş bilan boğliq 67 ming 366 holat qayd etilgan - bu Soğliqni saqlaş vazirligi ma'lumoti. Sönggi bir kunda 115ta yangi holat qayd etilgan (bir kun oldin 119 holat). Pandemiya davrida 543 kişi koronavirus qurboni bölgan.
2 iyul kuni Lukaşenko koronavirus ustidan muvaqqat ğalaba haqida gapirgandi. «Koronavirus infeksiyasi sababli birinçi qatorda şifokorlar turdi. Bizning soğliqni saqlaş tizimimiz çidadi. Biroq biz kuraş darajasini pasaytirmaymiz, şunday bölsa ham bugun aytiş mumkinki, biz ğalaba qozondik. Covid-19 ustidan qozonilgan hal qiluvçi ğalabadan keyin bugun öz iş örnida turgan şifokorlarimiz bilan, albatta, alohida uçraşamiz», degandi öşanda u.
Uning sözlariga köra, epidemiyaga qarşi kuraş mamlakat budjetiga qariyb 500 million belarus rubliga (200 million dollardan ortiq) tuşgan.













