Xabarda ta'kidlanişiça, 28 iyulda elçixona Şimoliy Koreya taşqi işlar vazirligining bu haqidagi notasini olgan.
Notada Keson şahrida halokatli va vayronkor falokat xavfi yuzaga kelgani hamda davlatning favqulodda epidemiyaga qarşi tizimining eng yuqori toifadagi favqulodda tizimga ötişi sababli Şimoliy Koreyadagi diplomatik missiyalar va xalqaro taşkilotlar vakolatxonalari xodimlari rioya qilişlari kerak bölgan harakatlar tartibi eslatib ötilgan.
Jumladan, Şimoliy Koreya hukumati diplomatlarga poytaxt Pxenyan taşqarisiga çiqmaslikni, ommaviy tadbirlar ötkazmaslikni, gavjum joylarga bormaslikni, şahar böylab 4-5 kişidan köproq bölib sayr qilmaslikni hamda şaharga çiqqanda niqob taqişni tavsiya qilgan.
Şimoliy Koreya taşqi işlar vazirligi “xalq farovonligi va davlat xavfsizligi ta'minlanişi uçun xorijiy diplomatlar belgilangan harakatlar tartibiga ongli ravişda amal qilişlariga” umid bildirib qolgan.
Şimoliy Koreya hukumati 26 iyulda mamlakatda koronavirusdan birinçi kasallaniş holati Janubiy Koreyadan qaytgan qoçoqda aniqlangani haqida xabar berdi. Avvalroq, Şimoliy Koreya ommaviy axborot vositalari 3 yil avval qoçib ketgan odam 19 iyulda qirğoq böyidagi Keson şahriga suzib kelgani va uning yangi koronavirusga çalingani ehtimoli borligi haqida xabar bergan. Şu sababli Kesonda 24 iyulda qat'iy karantin tartibi kiritilgan. 25 iyulda esa Şimoliy Koreya rahbari Kim Çen In uşbu vaziyatni muhokama qiliş uçun Koreya Mehnat partiyasi markaziy qömitasining şoşilinç yiğilişini ötkazgan. U yiğilişda boşqa masalalar qatorida koronavirus tarqalişi oldini oliş uçun maksimal şaylik holatiga ötiş mumkinligi haqida gapirgan.
Rasmiy ma'lumotlarga köra, bu holatgaça Şimoliy Koreyada koronavirusga çaliniş holatlari qayd qilinmagandi.


















