Xitoy fazoviy qurilmasi Yer va Oyning birga tasvirlangan antiqa suratini jo‘natdi
Xitoyning Marsni o‘rganishga mo‘ljallangan “Tyanven-1” (Samoga savollar-1) zondi Yer va Oyning sayyoramizdan 1,2 mln km uzoqlikdan olingan umumiy suratini jo‘natdi.
Suratda Yer va uning tabiiy yo‘ldoshi – Oy yarim to‘lishgan ko‘rinishda tasvirlagan.
Xitoyning milliy kosmik agentligi CNSA’ning xabar qilishicha, surat zond fazoga uchirilgandan 3 kun o‘tgach 1,2 mln km masofadan olingan.
Qurilma fazoga 23 iyulda Xaynan orolidagi Venchan kosmodromidan “Chanjchen-5” raketasi yordamida uchirilgan. Ayni vaqtda u Qizil sayyoragacha bosib o‘tishi kerak bo‘lgan 55 mln kmlik masofadan 1,5 mln kmdan ko‘prog‘ini uchib o‘tdi.
Zondning Marsgacha parvozi 6-7 oy vaqt olishi va u Qizil sayyoraga taxminan 2021 yil fevralda yetib borishi kutilmoqda. Shundan keyin qurilma Mars orbitasiga chiqib, may oyida unga qo‘nish uchun joy tanlash bilan mashg‘ul bo‘ladi.
Zond Qizil sayyoraga qo‘ngach, 3 oy davomida unda ilmiy tadqiqotlar olib boradi. Xitoyning Marsni o‘rganish bo‘yicha ilk missiyasi muvaffaqiyatli kechsa, olimlar Qizil sayyoraning atmosferasi, relefi, geologik xarakteristikalari, magnit maydoni xususiyatlari haqidagi ma'lumotlarga ega bo‘lishadi. Shu bilan birga, missiyaning asosiy maqsadi Qizil sayyorada hayot izlarini izlashdan iborat hisoblanadi.
Mavzuga oid
23:34 / 19.11.2024
Olimlar Oyning orqa tomonidan olingan tuproq namunalarini o‘rgandi
17:34 / 18.11.2024
Xitoy Oy tuprog‘idan yasalgan g‘ishtlar yordamida u yerda baza qurmoqchi
20:08 / 10.11.2024
Xitoyga tegishli marsoxod Marsda qadimiy okean izlarini topdi
17:44 / 08.11.2024