Rejaga köra, 6,4 ming harbiy AQŞga qaytadi, yana 5,6 mingi Yevropaning boşqa davlatlarida joylaştiriladi. Yevropada qoldiriladigan amerikalik harbiylar asosan Italiya va Belgiyada joylaştirilişi kutilmoqda. Şuningdek, agar kelişuvga erişilsa, ular Polşa va Boltiq davlatlariga jönatilişi ham mumkin.  

Pentagon rahbari Mark Esper qöşinlarning olib çiqilişi yaqin haftalarda boşlanişi va bir neça million dollarga tuşişini ma'lum qilgan.

“EUCOM’ning joriy rejasi NATOni mustahkamlaş, Rossiyani bosib turişni kuçaytiriş va men ta'kidlab ötgan boşqa tamoyillarga mos keladigan holda Germaniyadan 11,9 ming harbiyni olib çiqişni közda tutadi”, deb aytgan Esper Vaşingtondagi brifingda.

Şu tariqa, Germaniyadagi amerikalik harbiylar soni 36 mingdan 24 minggaça kamaytiriladi. 

Esperning ta'kidlaşiça, AQŞga qaytariladigan ba'zi harbiylar rotatsiya asosida yana Yevropaga jönatilişi mumkin.

Iyul boşida AQŞ prezidenti Donald Tramp Germaniyadan qöşinlarning bir qismi olib çiqilişi rejasini ma'qullagandi. Öşanda Germaniyadan 9,5 ming amerikalik harbiy olib çiqilişi ma'lum qilingan.

Tramp Germaniyadan qöşinlar olib çiqilişi qarorini Germaniya mudofaaga yetarliça mablağ ajratmayotgani va şu tariqa NATOga putur yetkazayotgani bilan tuşuntirgandi. Uning ta'kidlaşiça, agar rasmiy Berlin mudofaa budjetini oşirsa, barça amerikalik harbiylar yana Germaniyaga qaytariladi.