«Qömita tomonidan hukumat topşiriqlari ijrosini ta'minlaş maqsadida hamda fuqarolardan yozma va ommaviy axborot vositalari orqali kelib tuşayotgan murojaatlarni inobatga olgan holda, «UzAuto Motors» AJda «Raqobat töğrisida»gi qonun va sohani tartibga soluvçi qonunçilik hujjatlar talablariga rioya etilişi, şu jumladan, işlab çiqarilayotgan yengil avtomobillar tannarxi şakllanişi va narx qöllanilişi asosliligi yuzasidan vakolat doirasida tekşiriş ötkazildi.

Tekşiriş natijalari böyiça jamiyat tomonidan Özbekiston Respublikasining «Raqobat töğrisida» Qonunining tegişli moddasi talablari buzilişi alomatlari aniqlanib, «UzAuto Motors» AJga nisbatan belgilangan tartibda iş qözğatildi», deyiladi qömita axborot xizmatining xabarida.

Qayd etilişiça, «UzAuto Motors» AJga nisbatan qözğatilgan iş böyiça qömitaning maxsus komissiyasi tomonidan tegişli qaror qabul qilinadi. Şundan söng qaror natijasi böyiça qöşimça axborot taqdim etiladi.

Avvalroq Monopoliyaga qarşi kuraş qömitasi raisiga «UzAuto Motors» monopoliyasiga oid deputatlik sörovi yuborilgani, «Parlament nazorati» şaklidagi sörov orqali deputatlar Özbekiston avtosanoati sohasidagi monopoliya masalalariga e'tibor qaratişgani xabar berilgan edi.