Oliy Majlis Qonunçilik palatasi spikeri örinbosari, ÖzLiDeP fraksiyasi rahbari Aktam Hayitov karantin şaroitida narxlarning oşişi vaqtinçalik tusga ega ekanligini bildirdi.
Uning qayd etişiça, karantin davrida talab yuqori bölgan 2020 yilning 31 dekabriga qadar un, ösimlik moyi, göşt va sut mahsulotlari, şakar, gigiyena vositalari va ularning xomaşyosi kabi qator iste'mol mahsulotlari importiga bojxona tölovlari va aksiz soliqlari nol stavkada belgilandi.
«Karantin şaroitida narxlarning ösiş dinamikasi vaqtinçalik tusga ega, ikkinçi yarim yillikdan boşlab qişloq xöjalik mahsulotlarining yangi hosili yiğimidan keyin hamda hukumat tomonidan oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlaş böyiça körilayotgan çora-tadbirlar tufayli bozorlar tölişi natijasida narxlar tuşadi», – deydi Hayitov.
Uning sözlariga köra, ÖzLiDeP fraksiyasi a'zolari mahalliy qişloq xöjalik mahsulotlari işlab çiqaruvçilar işini yengillaştiriş va mahsulotning iste'molçiga yetib borişini ta'minlaş uçun bor kuçlarini işga soladilar.


















