«Men homiladorligimni bilmagan holda koronavirusga qarşi antibiotiklar içdim. Endi nima qilişim kerak?». Bunday savollarni ijtimoiy tarmoqlardagi tibbiy forumlarda köplab uçratiş mumkin. Qozoğistonda COVID-19 keng tarqalişi ortidan homilador onalar ham uşbu virusni yuqtiriş xavfi ortdi. Koronavirus yuqtirgan yoki uni yuqtiriş xavfiga duç kelayotgan homilador ayollar özlarining savollariga javob oliş uçun köproq qayerga murojaat qilişni bilmay sarson bölmoqda. Tengrinews.kz muxbiri qozoğistonlik akuşer-ginekolog, reproduktolog, tibbiyot fanlari doktori Vyaçeslav Lokşinning tavsiyalari bilan örtoqlaşdi.

COVID-19 homilador ayollar uçun xavflimi?

Koronavirus juda yuqumli virusli kasallik hisoblanadi va homilador ayollarda oddiy odamlarga qaraganda uni yuqtirişga moyillik köproq. Bunga sabab bölajak onalarda homiladorlik tufayli immunitet pasayib ketadi. Bugungi kunda Qozoğistonda 1000ga yaqin homilador ayollar koronavirusga çalinganlik taşxisi bilan röyxatga olingan. Kasallik yuqtirganlar orasida homiladorlikning turli bosqiçida bölganlar bor: kimdir ilk bosqiçda, kimdir örta bosqiçda, kimdir esa yaqin kunlarda ona böliş arafasida. Bundan taşqari, Qozoğistonda koronavirus yuqtirgan yuzdan oşiq homilador ayollarning allaqaçon közi yorigan. Tuğilgan gödaklarning 99 foizida koronavirus yöq.

Virus juda katta deb taxmin qilamiz va bu uning öziga xos xususiyati. U yöldoş tösiği orqali öta olmaydi, aniqroği uni kesib öta olmaydi va şu tufayli homila himoyalanadi. Şu jihatdan koronavirus homilador ayollar uçun grippga qaraganda kamroq xavfli. COVID-19 parranda yoki çöçqa grippiga qaraganda ham ança kam ta'sir qiladi. Albatta, biz uşbu xususiyatni birinçi bölib körgan xitoylik hamkasblarimizning tajribasidan kelib çiqib bildiryapmiz. Şuningdek, biz Italiya va Ispaniya şifokorlarining amaliyotini ham çuqur örgandik.

Hozir ança tajriba töpladik. Bugungi kunda uşbu tajribani töplay boşlaganimizga endi 6-7 oy bölmoqda. Şuning uçun, biz hali ham COVID-19 şaroitida ona qornida bölgan bolalarning özini qanday tutişini bilmaymiz. Mamlakatimizda koronavirus bilan kasallangan ilk bolalar 2021 yil boşida tuğilişi mumkin.

Pandemiya şaroitida homilador böliş kerakmi?

Hozir oson vaqt emas. Pandemiya tarqalişi şaroitida soğliqni saqlaş tizimiga juda katta yuk tuşyapti. Agar homiladorlikda qandaydir xavf tuğilsa, bölajak onalar yordam sörab murojaat qiladigan tayinli joyning özi yöq. Hamma bugun özi bilan özi ovora. Bunday holatda, homilador böliş uçun biroz kutiş kerak deb öylayman. Lekin ikkinçi tarafdan ayrim ayollarga homiladorlikni şunçaki keçiktiriş ham yaxşi oqibatlarga olib kelmaydi.