Bugun, 30 iyul kuni AOKAda ötkazilgan brifingda koronavirus taşxisi qöyilmagan bölsa ham, uning klinik belgilari tufayli vafot etayotganlar statistikasi yuritilmayotganiga izoh berildi.

Koronavirusga qarşi kuraşiş ştabi a'zosi Habibullo Oqilovning aytişiça, ayni paytda faqat PZR tahlili koronavirusni tasdiqlagan bemorlar statistikaga kiritilmoqda. Pnevmoniya tufayli vafot etgan, lekin vafotiga qadar koronavirus taşxisi qöyilmagan marhumlar esa statistikaga kiritilmayapti.

Koronavirusga qarşi kuraşiş ştabi a'zosi Anvar Alimov esa JSST a'zo davlatlar bilan bir neça bor muloqot olib borganini va unda koronavirus taşxisi qöyilmagan, lekin uning belgilari bilan vafot etgan bemorlarni ham koronavirus tufayli vafot etganlar röyxatiga kiritiş masalasi körilganini ma'lum qildi.

«Qozoğiston bu tizimga avgust oyidan ötişni rejalaştirgan. Biz ham maxsus komissiyaga PZR tahlili asosida koronavirus taşxisi qöyilmagan bölsa-da, klinik taşxis qöyilgan, vafot etgan bemorlarni rasmiy statistikaga kiritiş taklifini berganmiz», – dedi ştab a'zosi Anvar Alimov.

Rasmiylarga köra, Toşkentda 70dan ortiq oilaviy poliklinikaning 10tasi koronavirusga ixtisoslaşgan poliklinikalar sifatida faoliyat yuritayotgani öz samarasini bermoqda. Şahardagi kunlik murojaatlar soni 6 mingdan 4,5 mingga kamaygan.