Moskva şahar sudi 30 iyul payşanba kuni amerikalik talaba Trevor Ridni ötgan yozda Moskvada hibsga oliş paytida ikki nafar militsiya xodimi hayotiga tahdid qilganlikda aybdor deb topib, töqqiz yilga ozodlikdan mahrum qildi.
Şimoliy Texas universiteti talabasi va sobiq dengiz piyoda askari Trevor Rid Moskvada ikki ayol bilan janjallaşib qoladi. Voqea joyiga yetib borgan militsiya xodimlari uni tinçlantirmoqçi bölişadi, ammo 28 yoşli AQŞ fuqarosi ularga böysunmaydi va keskin qarşilik körsatadi. Rid qölga olinayotgan paytda spirtli içimlik ta'sirida bölgani sabab voqeani eslay olmaganini aytdi. Dalillarni örganib çiqqaç, u aybini tan olişdan boş tortgan.
Prokurorlar 28 yoşli Trevor Ridni qölga olganidan söng uni olib ketişayotganda maşina boşqarayotgan militsiya xodimiga taşlanişda ayblaşdi. Prokuratura ma'lumotlariga köra, öşanda militsiya xodimi transport vositasining xavfli manyovrlarini bajarişga majbur bölgan. Bundan taşqari, Rid boşqa bir xodimni ham döpposlaşda ayblangan.
Ridning advokati sud majlisida militsiya xodimlari şubhali tarzda birinçi bergan körsatmalarini özgartirganini, şu sababli amerikalik talabani umuman hibsda uşlab turmaslikni va zudlik bilan ozod qiliş lozimligini bildirgan. Ammo işni körib çiqqan sudya advokatning vajlarini inobatga olmagan.
AQŞ fuqarosi bölgan Trevor Rid Rossiya poytaxtiga ötgan yil may oyida rus tilini örganiş va rossiyalik qiz dösti bilan uçraşiş uçun borgan.












