Majlisda taşkiliy masalalar körib çiqildi. Jumladan, parlament raisi lavozimiga Muhammadyunusova Mohistara Muhammadilxom qizi nomzodi körib çiqildi.

Senat axborot xizmati bergan ma'lumotga köra, Mohistara Muhammadyunusova 1995 yil Andijon viloyati Marhamat tumanida tuğilgan. Toşkent davlat şarqşunoslik instituti, Toşkent şahridagi Vebster (Webster) universitetida tahsil olgan.

Muhammadyunusova Mohistara Muhammadilxom

U Özbekiston yoşlar ittifoqi Markaziy Kengaşi ingliz tili böyiça trener koordinatori, şu bilan birga, Özbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boşqaruvi akademiyasi qoşidagi Yoşlar muammolarini örganiş va istiqbolli kadrlarni tayyorlaş instituti metodik ta'minot bölimi boş mutaxassisi, uşbu institutning ilmiy bölimi boş ilmiy xodimi, Respublika “Qizlar ovozi” klubi boş koordinatori bölib faoliyat yuritgan. Bundan taşqari, u Stenford universitetida taşkil etilgan «Xalqaro ayollar salomatligi va inson huquqlari» kursi tinglovçisi hamdir.

Majlisda Yoşlar parlamenti raisligiga nomzod bir ovozdan ma'qullangan. Qayd etilişiça, tadbirda, şuningdek, rais örinbosari – komissiya raislarini va Yoşlar parlamenti kotibi saylangan, Yoşlar parlamenti reglamenti hamda iş rejasi loyihalarini işlab çiqiş va boşqa taşkiliy masalalar körib çiqilgan.

Eslatib ötamiz, Yoşlar parlamenti ğoyasi 2017–2021-yillarda Özbekiston Respublikasini rivojlantirişning beşta ustuvor yönalişi böyiça Harakatlar strategiyasini «Ilm-ma'rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantiriş yili»da amalga oşirişga oid davlat dasturi loyihasi e'lon qilingan edi. Bundan yoşlarning qonun ijodkorligi jarayonidagi iştirokini yanada kengaytiriş rejalaştirilgan.

11 may kuni parlament quyi palatasida ötkazilgan işçi guruh yiğilişida Yoşlar parlamenti a'zolari ikki yil muddatga saylanişi, har bir şahar va tumandan bir nafardan vakil parlament a'zosi bölişi kutilayotgani aytilgandi.

Yoşlar parlamenti Senat huzurida taşkil etiladigan yuridik şaxs maqomiga ega bölmagan jamoatçilik asosida tuziladigan maslahat organi hisoblanadi