Oliy Majlis Senatida parlament yuqori palatasi huzuridagi Yoşlar parlamentining majlisi bölib ötdi. Uning işida Tanzila Norboyeva ham iştirok etdi, deb xabar beradi Senat matbuot xizmati.

Qayd etilişiça, majlisda Laylo Aslonova Yoşlar parlamenti raisi etib bir ovozdan saylangan. Şuningdek, Ibrohimjon Jöraboyev hamda Azizbek Oçilboyev Yoşlar parlamenti raisi örinbosarlari etib tasdiqlangan. Bundan taşqari, Yoşlar parlamentining komissiyalari raislari va ularning a’zolari ham saylangan.

Taşkiliy masaladan söng Senat raisi Tanzila Norboyeva öz nutqida Yoşlar parlamenti öz faoliyatida e’tibor qaratişi lozim bölgan ustuvor vazifalarga töxtalib ötgan.

Şuningdek, Yoşlar parlamenti yoşlar örtasidagi jinoyatçilikning, bolalar va ayollarga nisbatan tazyiq va zöravonlik holatlarining oldini oliş böyiça tarğibot-taşviqot tadbirlarida faol iştirok etişi, xorijiy mamlakatlarning yoşlar parlamentlari bilan hamkorlik qilişi va özaro tajriba almaşişi lozimligiga ham urğu berilgan.

«Yoşlar parlamenti tomonidan amalga oşirilayotgan loyihalar va tadbirlarni keng jamoatçilikka yetkazişda ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlikni yölga qöyiş va aniq media-reja asosida işni taşkil qiliş hamda ularni yoşlar köp foydalanadigan Internet, ijtimoiy tarmoqlarda muntazam yoritib boriş yuzasidan tavsiyalar berildi», — deyiladi xabarda.

Eslatib ötamiz, Yoşlar parlamenti ğoyasi 2017–2021 yillarda Özbekistonni rivojlantirişning beşta ustuvor yönalişi böyiça Harakatlar strategiyasini «Ilm-ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantiriş yili»da amalga oşirişga oid davlat dasturi loyihasida e’lon qilingan edi. Yoşlar parlamenti Senat huzurida taşkil etiladigan yuridik şaxs maqomiga ega bölmagan jamoatçilik asosida tuziladigan maslahat organi hisoblanadi.