Soğliqni saqlaş vazirligi 31 iyul kuni Özbekistonda koronavirusdan soğayganlar körsatkiçi böyiça navbatdagi rekord qayd etilganini ma'lum qildi.
- Toşkent şahrida 467 nafar;
- Toşkent viloyatida 184 nafar;
- Andijon viloyatida 41 nafar;
- Qaşqadaryo viloyatida 32 nafar;
- Xorazm viloyatida 22 nafar;
- Sirdaryo viloyatida 21 nafar;
- Namangan viloyatida 13 nafar;
- Farğona viloyatida 4 nafar.
«Şunday qilib, yurtimizda 14 464 nafar koronavirus infeksiyasiga çalingan fuqarolar tuzalib, soğayiş körsatkiçi 60 foizni taşkil qilmoqda», deyiladi vazirlik xabarida.
Eslatib ötamiz, soğayganlar körsatkiçi böyiça sönggi rekord natija keça, 30 iyul kuni qayd etilgan bölib, öşanda mamlakatimizning turli hududlarida 743 nafar bemor tuzalgandi.












