ÖzA saytida bugun Nukusda taniqli davlat va jamoat arbobi, Özbekiston Qahramoni, Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesi raisi, Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining örinbosari Yerniyazov Musa Tajyetdinoviç 73 yoşida vafot etgani haqida rasman xabar berildi. Bu ma'lumot avvalroq Kun.uz manbalari tomonidan tasdiqlangandi.
Musa Yerniyazov koronavirusga çalingani haqida iyul oyi boşida xabar tarqalgandi. 18 iyul kuni Soğliqni saqlaş vazirligi u Nukus şahrida koronavirusdan davolanayotganini tasdiqladi.
25 iyul kuni ijtimoiy tarmoqlarda Musa Yerniyazovning vafoti haqida xabarlar tarqalgan, ammo SSV bu ma'lumotni rad etgandi.
30 iyul kuni Koronavirusga qarşi kuraşiş ştabi Yerniyazovning ahvoli oğirligi, u öpkaning sun'iy ventilyatsiyasi apparatiga ulangani haqida ma'lum qilgandi.
Musa Yerniyazov 1947 yil 20 dekabrda Kegeyli tumanida tuğilgan. 1971 yili Toşkent qişloq xöjaligini irrigatsiyalaş va mexanizatsiyalaş muhandislari instituti, 1986 yili Toşkent oliy partiya maktablarini bitirgan. 2019 yil «Özbekiston Qahramoni» unvoni bilan taqdirlangan.
1983–1989 yillarda Qoraqalpoğiston Respublikasi uy-joy kommunal xöjaligi vaziri, 1989–1990 yillarda Özbekiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi huzuridagi Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşining doimiy vakili sifatida faoliyat körsatgan.
2000–2001 yillarda Çimboy tumani hokimi, 2001–2002 yillarda Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi raisining industriyani rivojlantiriş, quriliş va kommunikatsiyalar masalalari böyiça örinbosari bölgan.
2002 yildan buyon Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesining raisi – Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisi örinbosari edi.
Qoraqalpoğiston Respublikasining konstitutsiyasi













