Soğliqni saqlaş vazirligi vakillari iştirokidagi matbuot anjumanida Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesi raisi Musa Yerniyazovning ahvoli haqida qöşimça ma'lumot berildi. Koronavirusga qarşi kuraşiş ştabi a'zosi Anvar Alimov Musa Yerniyazovning davolaniş uçun Turkiyaga olib ketilgani haqidagi xabarlarni rad etdi – u Nukusda davolanmoqda.

«Bemor hozirda respirator terapiya olmoqda – u öpkaning sun'iy ventilyatsiyasi apparatiga ulangan. Uning ahvoli oğir deb baholanmoqda. Musa Yerniyazovni davolaş uçun boşqa davlatga olib ketiş haqida heç qanday gap bölgani yöq», deya uning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Ştab a'zosi Habibullo Oqilovning sözlariga köra, bemorni davolaş turkiyalik va germaniyalik mutaxassislar bilan maslahatlaşgan holda amalga oşirilmoqda.

«Musa Tajyetdinoviç kasallikning birinçi kunidan boşlab Vohidov nomidagi ixtisoslaştirilgan xirurgiya markazining Nukus filialida davolanyapti. U yerda Toşkent şahridan ikki nafar mutaxassis va mahalliy tibbiyot mutaxassislari işlaşmoqda.

Özbekistonga germaniyalik va turkiyalik mutaxassislar kelganda Toşkent şahridan turib videokonferensaloqa orqali Buxoro, Xorazm va Nukus bilan aloqa örnatib, u yerdagi bemorlarning ahvoli böyiça maslahatlaşdik. Şuningdek, Musa Yerniyazovning holati böyiça ham maslahatlaşildi va davolaş rejasiga körsatmalar berildi», degan Oqilov.

Eslatib ötamiz, 18 iyul kuni Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesi raisi Musa Yerniyazovning koronavirusdan davolanayotgani haqida xabar berilgan edi. 25 iyul kuni Yerniyazovning ölimi töğrisida xabarlar tarqalgan, Soğliqni saqlaş vazirligi bu ma'lumotni rad etgan.