«Uylarni ta'mirlaş jarayonlarida bir qator kamçiliklarga ham yöl qöyilayotganligi aniqlangan. Xususan, 92 va 93-uylarning yuviniş xonalarida devorlar töliq tozalanib, demontaj qilinmasdan, kafel teriş yumuşlari olib borilgan. Xonalarning içki oraliq devorlariga örnatilgan eşiklar atrofi maxsus köpiklar bilan töldirilmasdan, taxtalar bilan yopilgan.

96 va 97-uylarda ham xuddi şunday kamçiliklarga yöl qöyilgan. Uylarning yuviniş xonalaridagi devorlar töliq tozalanmagan, kafel terişga ham kirişilmagan. Isitiş tizimidagi polietilen quvurlarini devorlar orasiga örnatişda loyiha talablari buzilişiga yöl qöyilgan. Şuningdek, xonalarning içki oraliq devorlariga örnatilgan eşiklar atrofi maxsus köpik bilan töldirilmasdan ularga taxtalar qoqilgan. Bundan taşqari, uylarda quriliş-montaj işlari töxtab qolgan.

Bundan taşqari, 94 va 95-uylarning tomlariga tarnovlar örnatilmagan. Uylarning taşqi tarafidagi kafellar ham töliq terilmagan. Xonalarning isitiş tizimidagi polietilen quvurlarining devorlar orasiga gilzalar qöyilmagan va klipsalarni 400-450 mm.li ölçamdagisi örniga 550-600 mm.ligi örnatilgan. Loyiha talabiga köra, polietilen quvurlar poldan 100 mm.li balandlikda örnatiş közda tutilgan, lekin amalda ular polning ustiga joylaştirilgan. Oqibatda loyiha talablari buzilgan», deyiladi viloyat hokimligi axborot xizmatining axborotida.

Qayd etilişiça, Samarqand viloyati va Toşkent viloyati quriliş nazorati inspeksiyalari, Toşkent viloyati «Yagona buyurtmaçi xizmati» injiniring kompaniyasi tomonidan aniqlangan kamçiliklar bugungi kunda bartaraf etişga kirişilgan.

Viloyat hokimligi axborot xizmati ma'lumotlariga köra, 2020 yil 31 iyul holatiga köra 120 xonadonda içki pardozlaş işlari yakunlangan bölib, qolgan 8 tasida davom ettirilmoqda. Har bir xonadon içimlik suvi va tabiiy gazga ulanmoqda. Şuningdek, toşqindan zarar körgan yöllar töliq ta'mirlanmoqda. Hozirgaça töliq quriliş-montaj işlari yakunlangan 118 ta xonadon egalariga yaşaş uçun topşirilgan. Qolgan uylar 5 avgust sanasida foydalanişga topşirilişi közda tutilgan.

Eslatib ötamiz, bugun Toşkent viloyatining tasarrufiga berilgan hududda quriliş-tiklaş işlariga jalb etilgan quruvçi va işçilar, suv toşqini talafotlarini bartaraf etişda qatnaşgan harbiylar uçun bayram dasturxoni taşkil etilib, oş tarqatilgani xabar berilgan edi