Fuqarolar, fuqarolarning özini özi boşqariş organlari, başarti şaharsozlik faoliyati ularning manfaatlariga daxl etadigan bölsa, şaharsozlik töğrisidagi qonun hujjatlari buzilgan taqdirda binolar, inşootlar va boşqa obektlarning joylaştirilişi, loyihalaştirilişi, qurilişi, rekonstruksiyasi yoki foydalanişga topşirilişi töğrisidagi qarorning ma'muriy yoki sud tartibida bekor qilinişini talab qiliş huquqiga ega (Şaharsozlik kodeksining 10-moddasi).
Norma naşri quriliş qonuniyligini tekşirib körişga qaror qilgan bölsangiz, işni nimadan boşlaş kerakligi haqida ma'lumot berdi.
Quriliş işlarini olib boriş uçun örnatilgan belgilarni körsangiz, hududda quriliş pasporti bor-yöqligini tekşiring. U bilan tanişib çiqib, obekt haqida dastlabki axborotga ega bölasiz. Quriliş işlari boşlanguniga qadar uçastka çegaralarida loyiha işlab çiquvçisi haqida, rejalaştirilayotgan quriliş va uning muddatlari haqida ma'lumotlar körsatilgan axborot stendi örnatilmagan bölsa, ma'lumot oliş uçun uçastka inspektoriga yoki mahalla fuqarolar yiğiniga murojaat qiling.
Işingiz yanada samarali bölişi uçun mahalla yiğini huzurida taşabbuskor fuqarolar guruhini tuzing. Taşabbuskor guruh va uning rahbarini saylaş uçun umumiy yiğiliş ötkazib, uning yakuniga köra bayonnoma rasmiylaştiring. Yiğilişda hozir bölganlarning barçasi uni imzolaşi kerak. Kelgusida taşabbuskor guruh öz vakillik organi – mahalla yiğini orqali barça fuqarolar nomidan davlat organlariga murojaat qila oladi.
Özbekistonda binolar qurilişi davlat maqsadli dasturlari doirasida yoki yer uçastkasi auksion orqali sotib olinganidan keyin xususiy tartibda olib borilişi mumkin. Ikkala holatda ham quruvçida ruxsat beruvçi hujjatlar paketi bölişi kerak.
Qurilişni boşlaşdan oldin quruvçida bölişi kerak bölgan hujjatlar röyxati:
I. Davlat maqsadli dasturlari doirasidagi quriliş
1. Şahar hokimining berilayotgan uçastka çegaralarining rejasi (sxemasi) ilova qilingan yer uçastkasi ajratiş haqidagi qarori (28.01.2019 yildagi 63-son VMQga 2-ilova 28-bandi, Nizom).
Qarorda quyidagilar aks ettirilgan bölişi kerak (Nizomning 28-bandi):
mahalliy davlat hokimiyati organining qarorida nazarda tutilgan obektni quriş şartlari;











